Fan-texnika | 15:42 / 28.01.2021
9117
1 daqiqa o‘qiladi

Toyota avtomobil sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa qaytdi

O‘tgan to‘rt yil davomida Volkswagen avtomobil sotish bo‘yicha birinchilikni bermay kelayotgandi.

Foto: AP

2020 yilda dunyo bo‘yicha Toyota brendi ostida 8,692 mln dona avtomobil sotildi, deb ma'lum qilinmoqda kompaniya hisobotida. Daihatsu va Hino shu'ba brendlari ham hisobga olinganda kompaniya jami 9,528 mln dona avtomobil sotgan, bu unga avtomobil sotish bo‘yicha yetakchilikni qaytarib olish imkonini berdi, deb yozmoqda Bloomberg.

O‘tgan to‘rt yil davomida Volkswagen avtomobil sotish bo‘yicha birinchilikni bermay kelayotgandi. Ammo 2020 yilda Volkswagen 9,3 mln dona mashina sotdi, bu 2019 yildagiga nisbatan 15,2 foizga kam.

2020 yilda Toyota avtomobillari sotuvi 10,5 foizga, Daihatsu va Hino ham hisobga olinsa, 11,3 foizga pasaygan. Toyota hisobotida aytilishicha, kompaniya avtomobillari sotuvi 9 yil ichida ilk marta qisqargan.

Kompaniyaning ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda Lotin Amerikasidagi savdolar 31,2 foizga pasaygan. Barcha mamlakatlar ichida eng katta pasayish Indoneziyada yuz bergan — birdaniga 44,7 foiz.

Mavzuga oid