Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport quriladi
Britaniyaning Koventri shahri yaqinida uchuvchisiz parvoz qurilmalari uchun dunyodagi birinchi aeroport quriladi. Hukumat bu maqsadda 1,2 mln funt sterling ajratdi.
Mablag‘lar dronlar yordamida yuk va yo‘lovchi tashuvlariga xizmat ko‘rsatadigan markazni qurishga sarflanadi.
“Havo tashuvlarining o‘z infratuzilmasini talab qiluvchi yangi shakli paydo bo‘ldi. Yo‘lovchilarda kelish, reysni bronlash, aerotaksi saloniga o‘tish imkoni bo‘lishi lozim”, deb aytgan Urban Airport kompaniyasi raisi Riki Sandxu.
Atrof-muhitga beziyon bo‘lishi kutilayotgan markaz Air One deb nomlanadi va Koventri shahrining shimoliy qismi yaqinida joylashadi. Aeroportni 2021 yil noyabriga ochish rejalashtirilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Air One tarixdagi eng kichik aeroport bo‘ladi. U o‘ta ixcham o‘lchamlarda loyihalangan va shu sababli turli kattalikdagi shaharlarda qo‘llanishi mumkin.
Loyiha mualliflarining ta'kidlashicha, dronlar elektromotorlarda ishlaydi va atrof-muhitga is gazi chiqarmaydi. Yaqin 5 yil ichida bunday aeroportlardan 200ga yaqini qurilishi, uchuvchisiz parvozlar esa oddiy hodisaga aylanishi kutilmoqda.
Avvalroq dronlar uchun ilk aeroportni Xitoyda qurish rejalashtirilgandi. Biroq pandemiya sababli uni qurishni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
08:23 / 03.06.2026
Rossiya: Leningrad viloyatida 30 ta dron urib tushirildi
20:25 / 01.06.2026