Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektorlari mahalladagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga qarab rag‘batlantirib boriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika (katta) inspektorlarining aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-3254-son topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Loyiha bilan Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika (katta) inspektorlarining aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda.
Xususan, mazkur Nizom bilan profilaktika (katta) inspektorlarining aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda oilaviy shifokorlarga ko‘maklashish, aholi o‘rtasida ommaviy sport va jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlikni ta'minlash, mahallalar hududida o‘tkazilayotgan ommaviy sport va jismoniy tarbiya tadbirlariga davlat organlari va jamoat tuzilmalarini jalb etish tartibi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, loyihada ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika (katta) inspektorlarini aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda oilaviy shifokorlarga ko‘maklashishga, fuqarolarning kechki sayrlari va sport o‘yinlarini xavfsiz o‘tkazishga, bu borada barcha manfaatdor tashkilotlar rahbarlari faol ishtirok etishiga shaxsan mas'ul etib belgilash hamda profilaktika (katta) inspektorlarini mahallalardagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlariga qarab har 6 oyda bir marta rag‘batlantirib borish ko‘zda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, loyihaning qabul qilinishi aholi orasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishda oilaviy shifokorlarga ko‘maklashish va tadbirlar vaqtida xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
09:46 / 17.07.2026
Har bir rahbar bittadan mahallaga mas’ul bo‘ladi
18:42 / 16.07.2026
Prezident mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
17:37 / 16.07.2026
Mahallada ishni to‘g‘ri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi
17:51 / 22.06.2026