Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda yog‘ olinadigan o‘simliklar yetishtirmoqchi
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida mamlakat iqtisodiyotining turli jabhalarida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilishi jarayoniga Xitoy kompaniyalarini jalb etishga qaratilgan faol sa'y-harakatlar olib borilmoqda.
«Tianjin Hongli Agricultural Science and Technology So. Ltd.» agrar jabhada innovatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va ularni qo‘llash bo‘yicha Xitoydagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Elchixona ko‘magida mazkur kompaniya rahbari Van Sin va «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi K. Serkayev o‘rtasida videokonferensiya aloqasi vositasida tashkil etilgan muzokaralarda mamlakatning sarmoyaviy yo‘nalishdagi hamda eksport salohiyatiga alohida e'tibor qaratildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda yog‘ olinadigan madaniy o‘simliklar, jumladan, soya, kungaboqar va o‘lkada hali taomilga kirmagan “yo‘lbars yong‘og‘i” (tiger nut) yetishtirishni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvni amaliy jihatdan hayotga tatbiq etish maqsadida yaqin vaqt oralig‘ida «Tianjin Hongli Agricultural Science and Technology So. Ltd.» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga keladi.