20:47 / 30.01.2021
13109

Jaloliddin Masharipov yangi klubida debyut qildi

BAA Premer-ligasi 14-turi doirasida «Shabob Al Ahli» o‘z maydonida «Al Ittihod Kalba» jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlardan Muhammad Juma va Majid Hasanning gollari Dubay klubiga g‘alaba keltirdi – 2:0.

Shu kuni mezbonlar safidagi o‘zbekistonlik futbolchilardan Aziz G‘aniyev o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, jamoaning yangi a'zosi Jaloliddin Masharipov 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Ushbu g‘alaba evaziga G‘aniyev va Masharipov to‘p surayotgan jamoa turnir jadvalida ochkolari sonini 22taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Al Ittihod Kalba» 19 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi. Otabek Shukurov to‘p surayotgan «Sharja» jamoasi chempionat peshqadami sanaladi – 32 ochko. 

BAA chempionati. 14-tur.
«Shabob Al Ahli» - «Al Ittihod Kalba» - 2:0
Gollar
: Muhammad Juma 28, Majid Hasan 30.

Top