JSST ekspertlari Uhandagi shifoxonalarni tekshirishni boshladi
Ekspertlar Xitoyga tashrif davomida koronavirus pandemiyasi boshlanishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash uchun ma'lumot to‘plashadi.

Foto: AP
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari Xitoyning Uhan shahridagi tibbiyot muassasalarini tekshirishni boshladi.
Ikki haftalik karantindan so‘ng ular rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra koronavirus yuqtirgan ilk bemorlarni qabul qilgan shifoxonaga kelishdi.
«Bu koronavirusga qarshi kurashning eng og‘ir damlarida ishlagan shifokorlar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatidir», — dedi nazorat guruhi a'zolaridan biri, britaniyalik virusolog Piter Dashak.
JSST ekspertlari Xitoyga tashrif davomida koronavirus pandemiyasi boshlanishi to‘g‘risida hisobot tayyorlash uchun ma'lumot to‘plashadi. Pekin koronavirus tarqalishi to‘g‘risidagi haqiqiy ma'lumotlarni yashirganlikda ayblanganidan so‘ng JSST delegatsiyasini qabul qilishga rozi bo‘lgandi.
Xitoyga JSST ekspertlarining birinchi guruhi 2020 yilda kelgandi. Ular virus insonga ko‘rshapalaklardan yuqishi mumkin degan xulosaga kelgan, ammo infeksiya manbasi to‘g‘risidagi savol ochiq qolgandi.
Yana bir guruh iyulda borishi ko‘zda tutilgandi, ammo mamlakatga faqat ikki nafar mutaxassis kiritildi. Ular Uhanga borishmadi va navbatdagi missiyalar tashrifiga tayyorgarlik miqyosini o‘rganish bilan cheklandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
Iqtisodiyot | 14:50
-
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 14:39
-
Samarqandda Kuvayt biznes markazi ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:38
-
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi

20:10 / 11.03.2025