Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'tildan qaytgan Erkinjon Turdimov bugun ommaga ko‘rinish berdi va Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida qatnashdi
Sog‘ligini tiklash uchun davolanish ta'tiliga chiqqan Erkinjon Turdimov bugun ommaga ko‘rinish berdi. U bugun Samarqandda o‘tkazilayotgan Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida qatnashdi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, tadbirlar Hazrati Xizr majmuasidan boshlangan va u yerda Erkinjon Turdimov boshchiligida davlat va jamoatchilik vakillari ishtirokida Qur'on tilovat qilingan.

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimligi matbuot xizmati Turdimov 10 yanvar kunidan salomatligini tiklash uchun qisqa muddatli davolanish ta'tiliga chiqqanini ma'lum qilgandi. Kecha esa Erkinjon Turdimov ta'tildan so‘ng, tez fursatda o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishishi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
18:15 / 29.06.2026