Şuhrat Qayumov Özbekistonda xizmat körsatgan artist, «Madaniyat va san'at fidokori» kökrak nişoni sohibi, oliy toifali suxandon. 51 yillik umri davomida teatr aktyori, xonanda, diktor sifatida mazmunli faoliyat olib bordi.
Şuhrat Qayumov qisqa bölsa-da, ibratli umr keçirdi. U nafaqat san'ati, yuraklarga yetib boruvçi ovozi bilan, balki gözal xulqi va insoniyligi bilan ham yaqinlari xotirasida, xalqning qalbida abadiy iz qoldirdi.
Oila a'zolari, yelkama-yelka faoliyat körsatgan safdoşlari uni iliq xotiralar bilan yodga olişadi.

– Ötgan yili qişda Şuhrat aka bilan Istanbulda körişgandik. Öşanda şunça umr yölini yurib keldingiz, xulosalaringiz qanday, deb söradim.
Menga qarab turgan Şuhrat aka maşina oynasidan taşqariga qaradi. Balki öyladi, balki tuşundi. Balki löndaroq javob berişni istadi:
«Yöl juda uzun edi va juda köp mas'uliyatim bor edi. Işim bergan mas'uliyat, odamlar bergan mas'uliyat, oilam bergan mas'uliyat. Va qirilgan bir qalbim bor. Insonlar yillar davomida mening qalbimni, könglimni qirib öynaşdi», dedi. Qirib öynaşni bir tasavvur qilib köring. Temirni temir bilan qirganda ovoz çiqqanda yurak çidamaydiku, şuni ta'riflaşga urindi. «Juda oğir edi. Lekin men butun vujudim, ruhiyatim, bor-yöğim bilan Allohga yopişib oldim. Odamlardan kelgan har qanday muammolar, ğiybatlar, yolğonlar, tuhmatlardan Alloh baribir kuçlidir».
Şuhrat aka 2006 yil birinçi marta Umraga bordilar. Şunda menga muşk-anbar sovğa qilgandilar. Öşandan beri har yili bordilar, faqat ötgan yili karantin sababli bora olmay qoldilar. «Bormasam bölmaydi, bormasam, ölib qolaman», derdilar.
Bir kuni menga Şuhrat akaning raqamidan qönğiroq böldi. Xursand bölib kötardim. Lekin gapirayotgan odam boşqa. «Allo, Abdukarim», deyaptilar. «Kim bu?» desam, «men, Şuhrat akangizman», deydilar. Ovozlari özgarib qolgan ekan. «Ovozim ketib qoldi», dedilar. Köngillarini kötargan böldim. Oradan köp vaqt ötmay, «közim körmay qoldi», deb telefon qildilar. Borgan sari ahvollari yomonlaşib boraverdi. Köngildagi qirişlar özining kuçini körsatgan edi. «Mendan rozi bölasiz», dedilar. «Nega unaqa deyapsiz, unaqa gaplarni aytmang», desam ham, «eşitişim kerak», deb oxirigaça turib oldilar. Öşandan 4-5 kun ötib vafot etdilar. Şuhrat akaning yaqinlari orasida u rozi-rizoçilik söramagan heç kim qolmadi.












