Özbekiston davlat jahon tillari universitetining sobiq rektori Şuhrat Qayumov “Elektron hukumat” tizimini rivojlantiriş markazi direktor örinbosari etib tayinlandi. 

Aytiş kerakki, uşbu markaz Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentabrdagi qarori asosida taşkil etilgan bölib, jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida işlab çiqilgan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantiriş va takomillaştirişning strategik yönalişlari negizida bir qator vazifalarni amalga oşirib kelmoqda.

Hozirgi kunda taşkilot my.gov.uz hamda pm.gov.uz tizimlarini ta'minlovçi tayanç muassasa sanaladi.

Eslatib ötamiz, Şuhrat Qayumov faoliyati mobaynida  Vazirlar Mahkamasining ta'lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti boş mutaxassisi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakçi konsultanti va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining fan böyiça örinbosari lavozimlarida ham işlab kelgan.