Özbek kinematografiyasi xazinasida haqiqatan ham sifatli filmlar talaygina, ammo ularning aksariyati önlab yillar oldin suratga olingan. Ana şunday filmlardan biri «Abdullajon» – şubhasiz, özbek kinosidagi fantastik komediya janrining eng yorqin namunasidir.
Filmda boş qahramon Abdullajon rolini öynagan Şuhrat Qayumov kuni keça Kun.uz mehmoni böldi. Mazmunli keçgan suhbatimiz prodyuserning kino san'atidagi faoliyati va sohadagi bir qator mavzularni qamrab oldi.
Qayumovning aytişiça, u «Abdullajon» filmidan keyin boşqa kartinalarda boş rollarni öynamagan. Bunga sabab – men uçun kinoda rol öynaşdan köra, kino suratga oliş ança qiziqroq, deydi u.
«Film 1991 yilda çiqqan. U paytlarda men maktabda öqirdim. 1995 yilda Irrigatsiya institutiga kirdim, 1998 yilda xorijga ketdim. Öşa paytlardayoq xorijda turli xil filmlarda suratga tuşganman, albatta boş rolda emas. Keyin Qozoğistonda va Rossiyada yaşadim, u yerda ham bir-ikki narsa suratga olganmiz. Lekin rosmana aktyor bölganman deya olmayman.
Kişi bir sohani tanlasa, oxirigaça boriş kerak. Menga kameralar ortida böliş köproq yoqdi. Barça aktyor bölişni orzu qiladi, lekin bu qançalik qiyinligini kamdan kam odam biladi. Balki talab va taklif yöqligi ham rol öynagandir. Kino oliş – unda rol öynaşdan köra ança qiziq», – deydi suhbatdoşimiz.

Ma'lum bölişiça, Şuhrat Qayumovning «Illusion Pictures» nomli öz prodyuserlik kompaniyasi bor va u 2003 yildan buyon xorij kinokompaniyalari bilan hamkorlikda filmlar suratga olmoqda. Masalan – hindistonliklar bilan hamkorlikda tasvirga tuşirilgan «Hoichoi unlimited» («Şod-u hurramlik») filmi. Qayumovning aytişiça, bu kino prokatidan söng Hindistondan Özbekistonga sayyohlar oqimi sezilarli oşgan, natijada Mumbaydan Toşkentga yangi aviaqatnov yölga qöyilgan.
«Film Hindistonda prokatdan ötganidan söng, Özbekistonga juda ham köp sayyohlarni jalb qildi. Misol uçun, oldin Hindistondan Özbekistonga faqat Dehli şahri orqali uçilgan bölsa, keyin Mumbay orqali parvozlar ham yölga qöyildi. «Özbekturizm» ham kino prodyuserini mukofotladi, çunki Hindistondan juda köp turistlar Özbekistonga kela boşladi. Bu – qöşimça daromad, bu – maşhurlik», – deydi u.









