Özbekistonda xizmat körsatgan artist, xuşovoz xonanda, tajribali suxandon Şuhrat Qayumov joriy yilning 22-23 mart kunlari “Istiqlol” san'at saroyidagi jonli ijroda konsert beradi.

Bir muddat avval xonandaning soğliği bilan boğliq muammolar sabab, şifoxonada davolangani haqida ma'lum qilgandik. Şu sabab el orasida “konsert fonogrammada ötarmiş”, degan turli miş-mişlar tarqadi. San'atkorning özi esa çindan ham soğliği tufayli konsertni fonogrammada ötkaziş taklifi bölganini aytdi. Biroq xonanda bunga unamay, qöşiqlar faqat jonli ijro etilişini ta'kidlagan.

San'atkorlar va tomoşabinlar orasida bunga turliça fikrlar bildirilmoqda. Kimdir soğliğini asrab, bu yilça fonogrammada ötkazgani ma'qul desa, boşqalar Şuhrat Qayumovning jasoratini alohida hurmat bilan e'tirof qilişmoqda.

Kontsertga sanoqli kunlar qoldi. Bir kunda vaziyat özgarişi heç gap emas. Har holda soğliq jiddiy masala. Voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.