Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda respublikaning 9 168ta fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning dardini eshitish, taklif va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishga, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish maqsadida har bir mahallada “Ayollar maslahat kengashi” tuzildi.
“Ayollar maslahat kengashi” faoliyatiga qoida tariqasida, fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qilishi belgilanmoqda.
Bildirilishicha, qaror loyihasining qabul qilinishi “Ayollar maslahat kengashi” faoliyati samaradorligini oshirishga, faoliyati namunali deb topilgan fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini rag‘batlantirib borish orqali ularning xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, salbiy holatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Loyihada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman-shahar hokimliklari “Ayollar maslahat kengashi” faoliyatini tartibga solish, huquqiy asoslarini mustahkamlash, faoliyati namunali deb topilgan fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish tariqasida ularga mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har chorak yakuniga ko‘ra chorakda bir marotaba mukofot pullari to‘lab berish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
09:46
Har bir rahbar bittadan mahallaga mas’ul bo‘ladi
18:42 / 16.07.2026
Prezident mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi
17:37 / 16.07.2026
Mahallada ishni to‘g‘ri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi
17:51 / 22.06.2026