Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadiganlar soni oshirildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi sinov bosqichlari davom etayotganini va tadqiqotda avval xabar berilganidek 5 ming nafar ko‘ngilli emas, balki 9 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etishini ma'lum qildi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadqiqot ko‘lamining kengaytirilishiga tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligi sababdir.
“Ikkinchidan, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga ta'sirini o‘rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta'siri organizmga virus ta'sir qilganda aniqlanadi”, - deyiladi ma'lumotda.
O‘z navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotgani ham eslatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
23:53 / 31.01.2026