Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda mudofaa vazirligini qayta tiklashga qaror qildi
Qirg‘iziston mudofaa vazirligi 1993-2015 yillarda faoliyat olib borgan bo‘lib, Almazbek Atamboyev prezidentligi davrida mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga aylantirilgandi.
Foto: Tabyldy Kadyrbekov
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublikada mudofaa vazirligini tashkil etishga qaror qildi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Qirg‘iziston mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Qirg‘iziston qurolli kuchlari bosh shtabi negizida mudofaa vazirligini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin", - deyiladi mamlakat rahbari farmonida.
Xabarda aytilishicha, mudofaa vazirligi tashkil etish to‘g‘risidagi farmon "qurolli kuchlar boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish" maqsadida imzolandi.
Qirg‘iziston mudofaa vazirligi 1993-2015 yillarda faoliyat olib borgan bo‘lib, Almazbek Atamboyev prezidentligi davrida mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga aylantirilgandi.
Mavzuga oid
09:17 / 29.01.2026
O‘zbekiston mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi
09:13 / 28.01.2026
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026