Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichidagi qurilish ishlarini tanqid ostiga oldi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining navbatdagi soni taqdim etildi.
Dasturda 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan, umumiy qiymati 8,6 trillion so‘mlik sanoat va logistika sohasidagi investitsiya loyihalari taqdimotidan kadrlar namoyish etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt uchun taklif etilayotgan sanoat va logistika loyihalarini ma'qulladi. Biroq, hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevga alohida murojaat qilib, shahar ichidagi qurilish ishlarini tanqid ostiga oldi.
«Men Toshkentda 4-5 yil ishlaganman, og‘ayni. Bu yerda 120 mm.lik kichik kanalizatsiya qo‘yganmiz. Sen u yerda to‘qqiz qavatli uy qo‘yib qo‘yibsan. Xudo xayringni bersin, chiqarish uchun nasos stansiyani qurishimiz kerakmi yoki yo‘qmi? Quvurlarni mustahkamlash kerakmi? Maktab-chi? Bog‘cha-chi?» - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha prezidentning asosiy topshirig‘i - loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun ularni ekspertizadan o‘tkazish, bu tizimni tarmoqlar va hududlar kesimida ham tatbiq etib, investitsiya loyihalarining tayyorlanishi va bajarilishini baholab borish, quyi bo‘g‘indagi mutaxassislarga ko‘maklashishdan iborat, deyiladi ko‘rsatuvda.
Mavzuga oid
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
21:30 / 01.06.2026
Sergeli avtomobil bozori buzilmaydi - Toshkent shahar hokimligi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:51 / 29.05.2026