Kun.uz muxbiri ayni sohada ilmiy izlanişlar olib borayotgan yoş tadqiqotçilardan biri Nilufar Abdurahmonova bilan suhbat taşkil etdi.

Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Nilufar Abdurahmonova Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti sifatida işlab kelmoqda.

— Bizda tilşunoslik deganda faqat ona tili qoidalarini örganiş va örgatiş tuşuniladi. Nega unday?

— Lingvistikani ona tili qoidalarini örganiş deb tuşunmaslik kerak. Çunki ona tili va adabiyot – tilni özlaştiriş bilan boğliq kompetensiyaviy jarayon.

Omma tasavvuridagi tilşunoslik bilan ilm ahlining tuşunçasidagi tilşunoslik örtasida tavofut bor, albatta. Bizda ona tili sifatida öqitişda ayrim kamçiliklar kuzatilgan, masalan, grammatikaga asosiy e'tibor qaratilgan.

Avvalgi til öqitiş dasturi, ya'ni grammatika asosida ona tilini örgangan avlodning tafakkuri keng, lekin oğzaki nutqi adabiy til me'yorlari darajasida emas. Biror mavzuda fikr bildir deyilsa, nima qilarini bilmay qoladi, mikrofon oldiga kelganda qörqadi, çunki tafakkur voqelanganda nutqi yöqligidan qörqadi. Şunga qiyosan, rusiyzabon yoşlar nutqini soliştirsak, ular öz içki nutqini taşqi nutqiga bemalol çiqara oladi.

Özbek tilini ona tili sifatida öqitiş böyiça tasdiqlangan yangi Milliy dasturda esa asosiy maqsad – kommunikatsion tilni rivojlantiriş, ya'ni bolani jonli muloqotga tayyorlaş.

Şuningdek, tilşunoslikdagi köp sohalarning yangiligi va ularning amaliyotga joriy qilinmagani ham omma uçun şunday tasavvur berişi mumkin. Til bilan boğliq yangi sohalar birgalikda amaliyotga tatbiq etilsagina uning tom ma'nodagi ilmiy maqomi kötariladi.

Tilşunoslikda kompyuter lingvistikasidan taşqari neyrolingvistika, kognitiv lingvistika, psixolingvistika, biolingvistika kabi yangi sohalar mavjud.

— Siz nega aynan kompyuter lingvistikasini tanlagansiz? Sizni köproq qiynaydigan muammo qaysi – til böyiça işlarmi yoki masalaning dasturiy tomonimi?

— Meni bu sohaga qiziqtira olgan inson professor Abdumajid Pölatov bölgan va ulardan umrbod minnatdorman. U insonning olim va odamiylik fazilatlari men kabi köplab yoşlarni ilm yöliga kirişlarida turtki bölgan. Ular hamişa tilni har narsadan yuqori qöyardilar. Zero, til barça fanlarni özlaştirişda vositaçi hisoblanadi, der edilar.