Til nega öladi? Global tanazzuldan omon qoliş mumkinmi? - Professor bilan suhbat
|17:40 / 20.10.201918 53213 min
Dunyoda barça jabhalarda rivojlaniş, taraqqiyot bölgani sari ijtimoiy aloqa vositasi sanalgan tilga munosabat ham özgarib boraveradi. Ma'lumki, tarixan jahon tillari rivojlanib, boyib borgan yoki ma'lum sabablarga köra iste'moldan çiqib ölik tilga aylangan. Bugungi globallaşuv, ilm-fan yuksalgan davrda dunyo tillari öz yaşovçanligini qanday saqlab qoladi? Kişi özi mansub bölgan xalq tilini saqlab qoliş uçun nimalar qilişi kerak? Quyida Özbek tili va adabiyoti universiteti professori, tilşunos olim Baxtiyor Mengliyev bilan bölgan suhbatda şu kabi savollar xususida fikr yuritilgan.
— Bugungi globallaşuv davrida dunyoning lisoniy holati va vaziyati kun sayin özgarib bormoqda. Bu borada dahşatli statistik ma'lumotlar borligi ham sir emas. Ularga munosabatingiz qanday? Global tanazzul girdobidan omon qoliş uçun tillarga nimalar zarur?
— Turli hisob-kitoblarga köra, bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 7 mingtagaça til borligi e'tirof etiladi. 2005 yilda tuzilgan YuNeSKO röyxati 6 912ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan 32,8 foizi (2 269tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092tasi) Afrika qit'asiga töğri keladi.
Til – moddiy, ma'naviy merosni saqlaş va boyitişning eng kuçli vositasi. YuNeSKO hisob-kitobiga köra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi XXI asrda özining «sönggi sohibi»dan ajralişi mumkin. Ba'zi farazlarga köra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi ölik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til ölayotgani esa dahşatli hodisa!
YuNeSKOning 2017 yil 15 iyundagi xabariga köra, ölim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15tasi Markaziy Osiyo mintaqasiga töğri keladi. Jumladan, Özbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lölilari (paryo) tilini keltiriş mumkin. Qolgan tillarning 2tasi Qozoğiston va Qirğizistonda (dungan va oyrot tillari), bittasi Turkmanistonda (truxman tili), 9tasi Tojikistonda (voxon, işkomiş, sangliç, roşorv, şuğon, bartang, ruşon, yazğulob, yağnob tillari).
Tilga davlat tili maqomi berilişi uni yöqoliş muammosiga duç keliş xavfidan ma'lum darajadagina (!) xalos qiladi. Masalan, udmurt, çukot, çeçen tillari ham, davlat tili bölsa-da, yöqoliş xavfiga yuz tutayotgani – fikrimizning dalili. Albatta, davlat tili maqomi til va uning sohiblari uçun juda ulkan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, tarixiy, huquqiy ahamiyatga ega. U – milliy yaxlitlikni va bardavomlikni ta'minlovçi asosiy vosita. Biroq uning özigina tilning yaşab qolişi uçun yetarli emas.
— Tillar ölimi soni sönggi ön yillikda oxirgi yuz yillikdagidan köproq. Tillar ölimiga asosan nimalar sabab bölmoqda?
Mavzuga oid
— Til nega öladi? Çunki odamlar undan foydalanmay qöyadi, keng qöllanişdagi va «obröli» tillarga ustunlik berilişi natijasida bu tilda ta'lim olinmaydi.
Tillar ham odamlarga öxşaydi, yonma-yon yaşaşadi, bir-biriga ta'sir qiladi, özgaradi – rivojlanadi. Faqat til ölganda, motam tutuvçisi bölmaydi, xolos.
Taraqqiyot tezlaşişi natijasida dunyoning yagona axborot makoniga aylanib borişi tillar taqdirida ham katta rol öynaydi. Masalan, ötgan ming yillikda dunyo tillarining 500tasi ölik tilga aylangan bölsa, sönggi yuz yillikda esa 1000ta til tarix qa'riga singib ketdi.
Tillararo notenglik – kiçik tillar yaşovçanligiga salbiy ta'sir qiluvçi asosiy omil. Qaysidir til muhimroq, obröliroq, qulayroq bölib, unga muayyan bir jamiyat yoki dunyo miqyosida köproq e'tibor qaratiladi. Tabiiyki, odamlar özi va farzandlari uçun ijtimoiy mavqe beradigan tilni tanlaşadi. Masalan, bizning şaroitda rus tiliga, ingliz tiliga berilayotgan e'tibor buning bir körinişi. Odatda, maktab va oliy öquv yurtlarida öqitilayotgan bu «katta» tillar – mansab pillapoyalaridan yuksalişning muvaffaqiyatli garovi.
Natijada «kiçik» tillar ahamiyatsiz, ikkinçi darajali yoki umuman keraksiz bölib qolaveradi. Köptillilik qadrlanmaydi, ona tili sevilmaydi, balki «boş» tilni biliş har tomonlama rağbatlantiriladi. Bu tilni biluvçi mutaxassislarga ustama maoşlar beriladi, imtiyozlar taqdim etiladi. Biroq, masalan, mamlakatimizda faoliyat körsatayotgan boşqa millat mutaxassislarining özbek tilini bilişi, bu tilda iş körişi rağbatlantirilmaydi. Holbuki, endi mamlakatimizning dunyo böyiça özbek tili ta'limini yölga qöyişga kirişiş vaqti keldi.
Tsivilizatsiya tillarning taqdirida muhim rol öynaydi. Yuqorida qayd etganimdek, taraqqiy etgan qit'alarda tillar soni kam, kam rivojlangan qit'alarda esa tillar soni ança köp. Masalan, Yeropa qit'asida 240ta til mavjud. Buni Osiyo va Afrika qit'alari tillari soni bilan qiyoslaş yetarli.
Tillarning taraqqiyoti va tanazzulida quyidagi holatlar alohida ajralib turadi:
1) tillarning ölik tilga aylanişi (etrusk tili, şumer tili, sanskrit tili, qadimgi xorazmiy tili, söğd tili);
2) tillarning boşqa tilga aylanişi (grek tili, yahudiy tili, armantillari);
3) tillarning bölinib ketişi (german tillari);
4) tillarning qöşilişi natijasida yangi tillar vujudga kelişi (özbek, turkman tillari);
5) tillarning «tirilişi» (ivrit tili).
«Ölgan» ivrit tili esa dunyo yahudiylarining sa'y-harakatlari bilan qayta jonlantirildi – muloqot vositasi tusini oldi. Bunda jonkuyar mutaxassislar va fidoyi til sohiblari katta rol öynadilar.
Har bir davrda tillar taraqqiyoti yoki ölimiga turli omillar sabab bölgan. XX asrgaça kolonializm, XX asrda urbanizatsiya (şaharlaşuv), XXI asrda globallaşuv tillar ölimiga sabab bölmoqda. Yevropadagi Islandiya davlatining tili bölgan island tili ölik tilga aylanayotgani barça millatparvar kişilarni huşyor torttirişi tabiiy. Mutaxassislar fikriça, Islandiyada internet tili ingliz tili bölgani uçun island tilining qöllaniş doirasi tobora torayib bormoqda.
Barça tillar yaşab qoliş darajasi nuqtayi nazaridan quyidagiça tasnif qilinmoqda:
xavfsiz tillar;
ehtiyottalab tillar;
xavf yaqinlaşayotgan tillar;
xavfga çalingan tillar;
ölayotgan tillar.
Eng xavfsiz tillar qatorini turgan ingliz, xitoy, ispan, nemis, yapon, fransuz, arab tillari egallagan. Ularning xavfsizligi gaplaşuvçilari soni, mamlakatlarining qudrati, millatining tilsevarligi va ommaviylaşganlik darajasi kabilar bilan belgilanadi. Bu borada yetakçilikni hali köp vaqt davomida ingliz tili saqlab tursa kerak. Ingliz tilida sözlaşuvçilar soni xitoy tiliga nisbatan kam bölsa-da (450 mln kişi), uning talabgorlari kun sayin oşmoqda. AQŞ va Angliya iqtisodda yetakçilik qilar ekan, bu tilning mavqeyi saqlanib qolaveradi. Bunday hol ikkinçi jahon uruşi oldidan nemis tili misolida köringan edi va dunyo miqyosida bu tilning rasmiy ta'limi uruşdan keyin ham uzoq vaqt saqlanib qoldi. Bu jarayon susaya boşlaşi bilan Germaniya bu tilning dunyo böyiça öqitilişini, örganilişini rağbatlantirişga kirişdi. Zero, keng tarqalgan tillarning ölimi öz mamlakatidan taşqarida uning ta'limi susayişidan boşlanadi.
Xitoy tilida sözlaşuvçilar soni böyiça jahonda birinçi örinda turadi, ammo ularning bari xitoyliklardir. Ta'kidlaş kerakki, xitoyliklar ham öz tillarini dunyoga ta'lim yöli bilan yoyiş böyiça jiddu-jahd körsatmoqda.
— Lekin hozirgi kunda har tomonlama rivojlaniş uçun siz aytayotgan tillarga tayaniş, ularni örganiş zaruratga aylanmadimikan? Hatto Xitoy va Hindistondek davlatlar ham ingliz tilidan keng foydalanmoqda-ku?
— Töğri. Ammo «ularga tayaniş», «ularga ham tayaniş» va «faqat ularga tayaniş» ifodalari farq qiladi. Buni ertaklardagi «borsa kelar», «borsa kelar-kelmasligi gumon» va «borsa kelmas» yöllariga qiyoslaş mumkin. Sizning fikringizni «ularga tayaniş» deb tuşunadigan bölsak, ona tilimizga ongsiz ravişda e'tiborsizlik qilgan bölamiz. «Faqat ularga tayaniş» şart bölsa, ona tilimizga nisbatan qasddan jinoyat sodir böladi. Xalqaro tillardan foydalaniş, ularga tayaniş, siz aytganingizdek, taraqqiyot garovi. Agar bunda örta yölni («ularga ham tayaniş») tanlamasak, texnik-texnologik, iqtisodiy jihatdan «taraqqiyot»ga yuz tutsak-da, ma'naviy jihatdan orqaga ketamiz. Taraqqiyotda ona tili bilan birga «xalqaro tillarga ham tayaniş» – «borsa kelar» yöli. Köplab mamlakatlarda ona tillari taraqqiyot yölida globallaşuv qurboniga aylanmoqda. Şu ma'noda prezidentimizning özbek (ona) tilini bilmagan bolalarni zamonaviy maktablarga qabul qilmaslik haqidagi fikrlari katta metodologik ahamiyatga ega. Bu fikrga huquqiy maqom beriş kerak.
— Agar biror tilni saqlab qolişning faqat bitta yölini körsating degan savol berilsa, javobingiz qanday bölar edi?
— Globallaşuv asrida tillarning yaşab qolişi köproq axborot-kommunikatsiyalari sohasida, Internet tizimida qöllaniş darajasi bilan boğliq. Qaysi til internet tili emas ekan, bu tillarning röparasida ölim xavfi turaveradi.
Internet tili haqida söz ketar ekan, özbek tili internet tili emasmi degan savol tuğilişi tabiiy. Çunki özbek tilida internet sahifalarida ma'lumotlar berilmoqda, yozişmalar amalga oşirilmoqda, tilimizda iş olib boradigan sayt va portallar, ijtimoiy tarmoqlar kundan-kunga köpayayotir. Zohiran tilimiz internet va axborot-kommunikatsiya sohalarida çeklanmagan darajada qöllanayotgandek, tilimiz esa internet tiliga aylangandek. Aslida ham şundaymi?
Internet kompyuter texnologiyalariga tayanadi. Kompyuter lingvistikasida «kompyuterning tilni tanişi» degan tuşunça bor. Agar kompyuter tilni «tanir» ekan, tilning kompyuter tili, internet tili ekanligi haqida söz yuritiş töğri böladi.
Kompyuter tilni «tanişi» uçun u bu tilni «bilişi» zarur. Kompyuterning matndagi xatolarni tuzatişi, matnni qayta işlaşi, tarjima qilişi, annotatsiyalaşi, tilni örgatişi, transliteratsiya qilişi, til ifodalarini tasniflaşi, tartiblaşi, biror tilda gapirişi, yozişi uning tilni tanişi asosida amalga oşiriladi. Umuman olganda, sun'iy intellektning muayyan til asosida iş körişi, tilning sun'iy intellektning töla ma'nodagi muloqot vositasiga aylanişi uning tilni «bilişi» va «tanişi» asosida sodir böladi.
Xullas, XX asrning buyuk kaşfiyoti bölgan kompyuter texnologiyalari sohasi uçun katta vazifalarni vujudga keltirdi va tillarning taraqqiyoti hamda yaşab qolişi uçun hal qiluvçi omilga aylanib qoldi.
Tilning internet, kompyuter texnologiyalari tiliga aylanişi matematik lingvistika, uning davomi bölgan kompyuter lingvistikasining şakllangani va rivojlaniş darajasi bilan boğliq. Ayniqsa, sun'iy intellekt uçun tabiiy tillarni modellaştiriş kompyuter lingvistikasining asosiy, pirovard vazifasi hisoblanadi.
Dunyo miqyosida sun'iy intellektlar yaratiş asosida tabiiy tillarni matematik modellaştiriş yotadi. Matematik modellaştiriş natijalari sun'iy intellektning faoliyat dasturini yaratişga asos bölib xizmat qiladi. Bu esa özbek tili misolida hali oçilmagan qöriq.
Tilning xavfsizligini ta'minlaş uçun ularning yozuvlariga, köp sonli sözlaşuvçilarga (100 mingdan ortiq), davlat tili maqomiga va axborot-kommunikatsiya, internet tizimida qöllaniş xususiyatiga hamda sözlaşuvçilarning muhabbatiga egaligidan taşqari, ziyolilarning tillarni saqlab qoliş va rivojlantiriş haqida qayğurişlari va mutasaddilarning esa bir yoqadan boş çiqarib taşkiliy yöl bilan kuraşişlari juda ham zarur.
Şubhasiz, ona tilimizning ham öz yozuviga, davlat tili maqomiga egaligi, 40 millionga yaqin sözlaşuvçisi borligi kişini xuşnud qiladi. Biroq aççiq bölsa-da, ta'kidlaş kerakki, uning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tili darajasiga kötarilmayotgani, ayniqsa, bu borada tegişli ilmiy-tadqiqot muassasalari va markazlarda konseptual xarakterdagi na nazariy, na amaliy, na taşkiliy işlar olib borilayotgani uning ham yöqoliş xavfidan butkul xoli emasligini, röyxatda esa ehtiyottalab tillar qatorida qolib ketayotganini körsatadi. Ijrosi keçikib borayotgan bölsa-da, bu vazifalarni bajarişga yeng şimarib kirişsak va uddalay olsak, ona tilimiz, albatta, heç qaçon ölmaydi.