Soliq tölovçilar endi öz hamkorlari tomonidan hisoblangan qöşilgan qiymat soliği (QQS) summalarini tölaganligiga işonç hosil qiliş uçun maxsus «Lozim darajadagi ehtiyotkorlik» veb-sahifasidan foydalanişi mumkin böladi.
Tölanişi lozim bölgan soliq summalarini noqonuniy kamaytirişga qaratilgan şubhali bitimlarni amalga oşirgan 396ta tadbirkorlik sub'yekti keltirilgan röyxat şakllantirildi. Davlat soliq qömitasi veb-sahifasiga joylangan röyxat omma uçun oçiq bölib, insofli tadbirkorlar nomlari zikr etilgan korxonalar bilan hamkorlik qilişda ogoh bölişi söraladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat soliq qömitasining ma'lum qilişiça, soliq summalarni noqonuniy kamaytirişga qaratilgan şubhali operatsiyalarni amalga oşirgan korxonalarni aniqlaş mezonlari etib quyidagilar belgilangan:
– ta'sisçiligida (rahbarligida) röyxatdan ötgan ikki va undan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari qisqa muddat (1 yil) faoliyat yuritgan holda 100,0 mln.söm va undan ortiq soliq majburiyatini (soliq qarzini) bajarmagan holatlar mavjudligi;
– bir yil davomida uç va undan ortiq hududga yuridik manzilini özgartirişi;
– faoliyat boşlagan davrdan boşlab, qisqa muddatlarda yirik miqdorda tovar aylanmasini amalga oşirib, rasmiy işlayotgan xodimlar sonini kam körsatiş;
– rasmiylaştirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlaşi, ulardan foydalanişi va realizatsiya qilinişi;
– xarid qilingan tovarlarni (şu jumladan, import) realizatsiya qilmasdan qoldiqda aks ettirilişi va (yoki) tovar qoldiği mavjud bölgan holda qöşimça ravişda aynan şu tovarlarni xarid qilinişi;
– soliq majburiyatini bajarmagan sub'yektlarni öziga qöşib oliş natijasida bankrotlik e'lon qilişi;
– soliq tölovçi tomonidan qayd etilgan manzil (bozorlar, savdo komplekslari va biznes markazlar bundan mustasno) bir neçta (uç va undan ortiq) soliq majburiyatini bajarmaganligi natijasida bankrot deb topilgan, şuningdek, soliq tölamaslik xavfi yuqori bölgan boşqa soliq tölovçilar tomonidan körsatilgan manzil bilan mos kelişi;
– huquqni suiiste'mol qiliş, qalbaki yoki közböyamaçilik uçun bitimlar tuziş (operatsiyalar amalga oşiriş) orqali soliqlarni tölamaslik yoki töliq tölamaslik faktlari aniqlanganda;











