O‘zbekiston | 13:40 / 02.02.2021
3607
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Farg‘ona - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - Farg‘ona - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qo‘shimcha qatnov 2021 yil 5 fevral kuni quyidagi jadval bo‘yicha bajariladi:

Toshkent - Farg‘ona qatnovi
Toshkentdan Farg‘onaga uchish - 18:30;
Farg‘onaga kelish - 19:30.

Farg‘ona - Toshkent qatnovi
Farg‘onadan Toshkentga uchish - 21:00;
Toshkentga kelish - 22:00.

Qayd etilishicha, aviachiptalarni kompaniya saytida, Uzbekistan airways sales yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid