Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda dunyo bozorida gazga bo‘lgan talab rekord darajada pasaydi
2020 yilda jahon gaz bozorlarida talab 2,5 foizga yoki 100 milliard kubmetrga kamaydi. Bunga qish faslidagi nisbatan iliq ob-havo va COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
2020 yil jahonda tabiiy gazga bo‘lgan talab 2,5 foizga pasaydi, bu – kuzatuvlar olib borilayotgan yillar davomidagi eng katta qulash. Bu haqda Xalqaro energiya agentligi (IEA) hisobotida aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil boshida Osiyo va Yevropada qishki talabning kuchayishi sabab gazga bo‘lgan ehtiyoj tiklana boshlagan edi, ammo ob-havoning iliqlashishi bu talabni yana kamaytirib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil davomida gaz narxlarida barqarorlik kuzatilmaydi. Gaz narxi 2019 yildagi darajasiga chiqishi mumkin, ammo rivojlanayotgan davlatlar bozorlarining tiklanishida noaniqliklar saqlanib qolmoqda.
Boshqa tomondan, sektor talabiga turli xil xavf omillari ta'sir qilishi mumkin. Yoqilg‘i turlarining almashinuvi, sanoatning sekinlashishi yoki ob-havoning ilishi kabi omillar shular jumlasidan.
Mavzuga oid
08:26
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026