Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Azizov: Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi ishdan bo‘shatilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgani haqida xabar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov Kun.uz muxbiriga bergan izohida bu xabarlar asossizligini ma'lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning ishdan ketgani haqida turli yolg‘on xabarlar tarqaldi. Bu xabar mutlaqo asossiz bo‘lib, buni kim va nima maqsadda tarqatgani bizga qorong‘i.
Barchaga ma'lumki, vazirlik matbuot xizmati pandemiya davrida koronavirus va yurtimizdagi pandemik vaziyat haqida birinchi manba sifatida axborot tarqatib turibdi. Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab tibbiyot sohasiga oid barcha mediainformatsiyalar bevosita matbuot kotibining ishtirokida uzatilishi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaxshi ma'lum. Matbuot xizmati vazirlikning axborot siyosatini amalga oshiruvchi tuzilma sifatida tizimda mustahkam o‘ringa ega.
Shuningdek, xizmat rahbari Furqat Sanayevning 2020 yilda og‘ir pandemiya sharoitida qilgan mehnatlari e'tirof etilib, O‘zbekiston milliy axborot agentligining «Yilning eng faol matbuot kotibi» mukofoti bilan taqdirlangani ham fikrimizga isbot bo‘la oladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, vazirlik matbuot kotibining lavozimidan ozod etilishiga hech qanday asos yo‘q», degan Abdulla Azizov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Idish yuvish gubkasi: hojatxona tagligidan 456 baravar ko‘p bakteriya saqlaydigan oshxona buyumi haqida nimalarni bilasiz?
Jamiyat | 17:19
-
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 17:16
-
“Bir yarim yilda 28 ta topshirish punkti ochildi”: Uzum Market tarmog‘i tez o‘sish davrini boshdan kechirmoqda
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi

20:25 / 05.02.2025
Dorilarni retsept bilan sotishga qachon o‘tiladi?

14:12 / 03.02.2025
Abdulla Azizov ayrim dorilar narxi ustidan nazorat to‘xtatilishini izohladi

22:12 / 30.01.2025