Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «Bola himoyasi» monitoring tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Bola himoyasi” yagona elektron dasturiy monitoring tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, loyiha Bosh prokuratura tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda bolalarga g‘amxo‘rlik qilishga mutasaddi bo‘lgan tuzilmalarning mas'uliyatini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishda idoralararo tezkor axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, vasiylik va homiylik organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Vasiylik va homiylik organlari tomonidan 2020 yilda respublika bo‘yicha 11 764 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar aniqlangan hamda 9 731 nafar voyaga yetmaganlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarda yoki nizoli jarayonlarda ishtirok etilgan. Bugungi kunda vasiylik va homiylik organlari nazoratida 71 628 nafar voyaga yetmagan bolalar mavjud.
“Ayni paytda nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalar hisobini yuritish yagona bazasining mavjud emasligi bu sohada tizimli tahlil qilish imkonini bermaydi.
Tahlillar ijtimoiy himoyaga muhtoj chin yetimlar, ota-onasi chet elga ketgan, ajrashgan hamda notinch oilalar farzandlari ba'zan nazoratsiz va qarovsiz qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Oqibatda bunday bolalar jinoyat ko‘chasiga kirib qolishi, ayrim hollarda esa balog‘atga yetmagan yoshlar o‘rtasida erta tug‘uruq, o‘z joniga suiqasd qilish kabi salbiy holatlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda”, - deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, birgina Buxoro viloyatida chet elga chiqib ketgan, ajrashgan va boshqa muammolari bo‘lgan 17 330 nafar fuqarolarning nazoratsiz yoki qarovsiz qolgan 4 073 nafardan ortiq bolalarini to‘la-to‘kis ijtimoiy muhofaza qilishda uzilish va ayrim kamchiliklar yuzaga kelgan.
Xususan, 4 073 nafar bolalarning atigi 995 nafariga (24 foiz) vasiy yoki homiy tayinlangani, 1 086 nafarida o‘quv qurollari hamda oziq-ovqat mahsulotlariga muhtojlik mavjudligi, 43 nafari ta'limga jalb qilinmagani aniqlandi.
“Bosh prokuratura tashabbusi bilan shu kabi yana ko‘plab muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Bola himoyasi” elektron dasturiy ta'minot tizimi ishlab chiqilib, tajriba tariqasida Buxoro viloyatida muvaffaqiyatli ishga tushirildi.
Bu tizim ota-ona qaramog‘isiz qolgan har bir bola to‘g‘risidagi barcha zarur ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi. U orqali har bir bolaning ahvoli, nima bilan mashg‘ulligi, uning huquqi, erkinligi va manfaatini kim qay tarzda ta'minlayotganini bevosita kuzatish mumkin.
Mazkur tizim sinov tariqasida ishlagan ikki oy mobaynida viloyatdan chet elga chiqib ketgan ota-onalarning 493 nafar bolalari tizimga kiritilib, ularning 386 nafariga vasiy, 107 nafariga homiy tayinlangan.
Tizimda nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarga doir ma'lumotlarning sektorlar kesimida tahlil qilinishi imkoniyati yaratilganligi sababli 1 086 nafar bolalarga o‘quv qurollari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar berilishi hamda 536 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi ta'minlandi, 43 nafari ta'limga jalb qilinib, huquqlari tiklandi”, - deyiladi loyihada.
Qayd etilishicha, mazkur qarorning qabul qilinishi va elektron dasturiy tizim to‘laqonli ishga tushirilishi natijasida:
- hujjatlar aylanishining qog‘oz shaklidan voz kechilib, ularni elektron tayyorlash, yuklash va tezkor aylanish (onlayn) imkoniyati paydo bo‘ladi, ya'ni vasiy va homiy tayinlash jarayoni avtomatlashtiriladi;
- ortiqcha sansalorlik hamda suiiste'molchiliklar oldi olinadi;
- yagona ma'lumotlar bazasi shakllanib, statistik ko‘rsatkichlar haqqoniyligi ta'minlanadi;
- bolaning ta'lim-tarbiyasi va sog‘lig‘i, to‘garakka jalb qilinganligi hamda ota-onasining bandligi haqidagi ma'lumotlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi;
- bolalar qarovsizligini sektorlar kesimida tahlil va nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
09:12 / 20.04.2026