Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda vafot etgan migrantlarning jasadini olib kelishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etilmoqda
Xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan mehnat migrantlariga moddiy yordam berish tizimini kengaytirish maqsadida viloyatlar hokimliklari huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etilmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, jamg‘arma mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantirib boriladi.
Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
- xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
- vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
- vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1000 AQSh dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Ma'lumot qilinishicha, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari huzurida Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish jamg‘armalari tashkil etildi.
Avvalroq, xorijda ishlayotgan o‘zbek migrantlarining soni e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
17:57 / 04.07.2026
Baliqchilikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi
18:39 / 24.02.2026
«Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash» jamg‘armasi tashkil qilinadi
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025