O‘zbekiston | 16:13 / 04.02.2021
4341
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovida 13,5 mingdan ortiq ko‘ngilli ishtirok etmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati joriy yilning 3 fevral holatiga O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar soni 13 652 nafarni tashkil etgani haqida xabar berdi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Qayd etilishicha, ulardan 6 120 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 932 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi. 

Vaksinani ishlab chiqqan Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi mutaxassisi Yuan Lingfengning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda ko‘ngilli fuqarolar ishtirokida vaksinaning I - II fazalari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Kuzatuvlar davomida birorta ham fuqaroda jiddiy o‘zgarishlar yoki nojo‘ya asoratlar paydo bo‘lmagan. Vaksinaning hech qanday xavf tug‘dirmaganligiga ishonch hosil qilgach, O‘zbekistonda ham klinik sinovlarni davom etishga ruxsat etildi. 

“Endilikda, Xitoyda va O‘zbekistonda vaksinaning III fazasini qabul jarayoni davom etmoqda. Xitoyda esa III faza emlanish ishlari deyarli oxirlab qolgan. Bu ishlarni amalga oshirishga bizga kamarbasta bo‘layotgan O‘zbekistonga katta minnatdorchilik bildiramiz”, - degan mutaxassis. 

Shuningdek, mazkur tadqiqotda ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Mavzuga oid