Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel nemis diplomati chiqarib yuborilishi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan tahdid qildi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas agarda Rossiya nemis diplomatini chiqarib yuborish qaroridan qaytmaydigan bo‘lsa, GFR javob choralarini ko‘rishini ma'lum qildi.
Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiyadan nemis diplomati chiqarib yuborilishi munosabati bilan GFR Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish huquqini saqlab qolishini eslatdi.
"Biz sanksiyalarni davom ettirish huquqini saqlab qolishimizni aytgandik, ayniqsa alohida shaxslarga nisbatan", - dedi Merkel jurnalistlarga.
U shu bilan birga, Rossiya bilan muloqotni saqlab qolish kerak deb hisoblamoqda.
"Diplomatik vazifa – turli chuqur qarama-qarshiliklarga qaramasdan, muloqotni saqlab qolish", - dedi Germaniya kansleri.
Merkel Rossiya bilan hamkorlikda ish olib borish zarur bo‘lgan yo‘nalishlar sifatida Liviya va Belarusdagi vaziyatni keltirdi.
O‘z navbatida, Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas agarda Rossiya nemis diplomatini chiqarib yuborish qaroridan qaytmaydigan bo‘lsa, GFR javob choralarini ko‘rishini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI diplomatlarini chiqarib yuborish qarorini "oqlab bo‘lmaydi" va bu "Yevropa bilan munosabatlar yomonlashishini davom ettiradi".
U nemis diplomati o‘z vazifasini bajargani, ushbu vazifa diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi bilan himoyalanganligini ta'kidladi.
Avvalroq Rossiya TIV Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026