Apple va Hyundai o‘rtasida elektromobil ishlab chiqarish borasidagi muzokaralar to‘xtatilgani xabar qilindi
Avvalroq CNBC o‘z manbalariga tayanib Apple Hyundai va Kia bilan Apple Car elektromobilini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
Amerikaning Apple kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha Hyundai Motor va Kia Motors kompaniyalari bilan muzokaralarini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi.
Ushbu qarorning sabablariga aniqlik kiritilmagan, shuningdek, kelgusida muzokaralar davom ettirilishi ham noma'lum.
Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘z rejasini nafaqat Janubiy Koreya kompaniyalari, balki boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ham muhokama qilgan.
4 fevral kuni CNBC o‘z manbalariga tayanib Apple Hyundai va Kia bilan Apple Car elektromobilini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.
O‘tgan yili Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib Apple 2024 yilga kelib avtomobil bozoriga chiqishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024