Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden pandemiya sababli ishsiz qolgan ayolga qo‘ng‘iroq qildi va unga iqtisodiy rejasi haqida so‘zlab berdi
Oq uyning bildirishicha, AQSh prezidenti fuqarolar bilan doimiy muloqot qilib borishni rejalashtirgan.
Foto: Twitter/Joe Biden
AQSh prezidenti Jo Bayden pandemiya sababli o‘tgan yili ishini yo‘qotgan kaliforniyalik Mishel ismli ayol bilan telefon orqali suhbatlashdi va unga o‘zining iqtisodiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi haqida so‘zlab berdi. Ushbu suhbat to‘g‘risidagi videolavha Baydenning Twitter sahifasida joylashtirildi.
Baydenning yozishicha, avvalroq Mishel prezidentga maktub yozgan.
"G‘oyamiz shuki, biznesni qaytadan ochishni istaymiz. Biz yordamga muhtoj odamlarga zudlik bilan ko‘mak beradigan reja qabul qilamiz. Bu kichik biznesning ochilishiga yordam beradi", - dedi AQSh prezidenti.
U shuningdek, hukumat yaqin 100 kun ichida 100 mln kishini emlashga erishish niyatida ekanligini eslatdi.
Last year, Michele lost her job because of the pandemic. I recently gave her a call to hear her story and discuss how my American Rescue Plan will help families like hers. pic.twitter.com/SAqM2GytPf
— President Biden (@POTUS) February 6, 2021
Oq uy matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, ushbu suhbat Baydenning aholi bilan muntazam muloqot qilish borasidagi dasturining bir qismi hisoblanadi.
Baydenning 1,9 trln dollar miqdoridagi iqtisodiy rejasida bevosita pandemiyaga qarshi kurashish uchun 400 mlrd dollar atrofida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Bir trln dollarga yaqin mablag‘ aholiga yordam ko‘rsatish, qolgan qismi esa iqtisodiyotni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. 29 yanvar kuni Bayden kongressni mazkur tashabbusni tezroq qabul qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025