Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi sinovlarida qatnashishni istagan ko‘ngillilar soni 14 mingdan oshdi
Joriy yilning 5 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasi sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar soni 14 008 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu ko‘ngillilardan 6 484 nafari vaksinaning 1-dozasi bilan va 1 045 nafari vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Vaksina olish istagida kelgan har bir fuqaro ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ular bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Keyin esa tartib-qoidaga muvofiq, uning antropometrik belgilari - bo‘yi va vazni o‘lchanadi. Shuningdek, immunoferment (IFA) tahlil sinamasini olishga ko‘rsatma beriladi. Ushbu tekshiruvning natijasi 20 daqiqa ichida tayyor bo‘ladi.
“Bu tahlil orqali qonda virusga qarshi antitanachalar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritiladi. Bu fuqaro oldin koronavirusga chalinmaganligini bilish uchun kerakli faktordir”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:29 / 15.05.2026