Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2 fevraldagi «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi;
- «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZ direksiyasi» DUK tuzilmasi;
- «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZ direksiyasi» DUK ustavi;
- «Termiz xalqaro savdo markazi» hamda «Termiz» EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi.
Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlariga, shu jumladan valuta hisobvaraqlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi. Direksiya Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Termiziy ko‘chasi, 1A-uy manzilida joylashtiriladi. Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi hisoblanadi.
Direksiyaning asosiy maqsadi «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, shuningdek ESZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta'minlash orqali operativ boshqarish, ESZ ishtirokchilariga xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ustavda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan foyda olish hisoblanadi.
Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
- «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZ hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini ta'minlash;
- salohiyatli investorlar va ESZ ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini ko‘rib chiqish va tanlab olish uchun qabul qilishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni «yagona darcha» tamoyili asosida tashkil etish;
- «Termiz xalqaro savdo markazi» ESZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta'minlash;
- ESZ ishtirokchilarining reyestrini yuritish;
- ESZ hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining nazoratini tashkil etish.
Direksiyasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar o‘z mablag‘lari va Surxondaryo viloyati mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
17:03 / 23.05.2026