13:00 / 07.02.2021
17070

Peterburgda har ehtimolga qarshi ko‘chalar yopildi. Avvalroq Navalniyning shtabi norozilik aksiyalari to‘xtatilishini e'lon qilgandi

Olga Malseva / AFP / Scanpix / LETA

6 fevral kuni huquq-tartibot organlari Peterburgning markaziy ko‘chalarini va metroning bir qancha stansiyalarini yopishdi. Shahar aholisi Fontanka daryosi ustidagi muz bo‘ylab harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘llar to‘silishi nima munosabat bilan amalga oshirilgani haqida rasman xabar berilmagan. Shahar ma'muriyatidagi manbaning «Fontanka» nashriga izoh berishicha, hokimiyatdagilar «norozilik aksiyalaridan xavfsirashgan». Shu kunlarda telegram-kanallarda dam olish kunlarida muxolifatchi Aleksey Navalniyning tarafdorlari yana namoyishlarga chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi, ammo bu aksiyalarning tashkilotchilari kimligi ma'lum qilinmagandi.

4 fevral kuni Aleksey Navalniyning mintaqaviy shtablari tarmog‘i rahbari Leonid Volkov siyosatchining jamoasi yaqin dam olish kunlari mitinglar o‘tkazmasligini e'lon qilgandi.

U hududlarda Navalniyning tarafdorlari va mahalliy muvofiqlashtiruvchilar 23 va 31 yanvardagi mitinglar tufayli hibsga olingani sababli u yerlarda aksiyalarni tashkillashtiradigan odamlar qolmagani, qolaversa, har hafta aksiya o‘tkazish norozilikning ko‘cha shakliga nisbatan hafsala pir bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgandi.

«Agar har hafta ko‘chalarga chiqadigan bo‘lsak, yana minglab odamlar hibsga olinadi, yuzlab odamlar do‘pposlanadi. Shtablar ishi to‘xtab qoladi va saylovlar bo‘yicha ishlab bo‘lmay qoladi», degandi Volkov. U Navalniy 2021 yil kuziga belgilangan davlat Dumasiga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishga e'tibor qaratishni so‘raganini qo‘shimcha qilgan. Keyingi aksiyalar bahor va yozga ko‘chirilgan.

Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Germaniyadan qaytishi bilan qo‘lga olinib, qamab qo‘yilgandi. 2 fevral kuni sud Navalniyga «Iv Roshe» ishi bo‘yicha berilgan shartli muddatni haqiqiysiga almashtirdi va 2 yil-u 8 oy koloniya tayinladi. 

Yakunda Peterburgda ham miting o‘tkazilmadi. Quyidagi fotogalereyada Peterburg ko‘chalari qanday yopilgani tasvirlangan.

David Frenkel / Kommersant'
Aleksandr Demyanchuk / TASS / Scanpix / LETA
David Frenkel / Kommersant'
Aleksandr Demyanchuk / TASS / Scanpix / LETA
Aleksandr Demyanchuk / TASS / Scanpix / LETA
David Frenkel / Kommersant'
Top