«Iv Roşe» işi nima özi?

Siyosatçi köp yillardan buyon davom etayotgan «Iv Roşe» işi böyiça jazoga tortildi. 11 yanvar kuni Jazoni ijro etiş federal boşqarmasi Navalniyning şartli jazosini haqiqiysiga almaştiriş böyiça sudga taqdimnoma kiritgandi. Bunga sabab sifatida siyosatçi vaqtinça saqlab turiş qoidalarini buzgani keltirilgan.

2014 yil Aleksey Navalniy ukasi Oleg bilan «Iv Roşe» işi böyiça aybdor deb topilgan. Ular firibgarlik va pul yuvişda ayblangan. Navalniy öşanda şartli ravişda 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va uning sinov muddati 2020 yil 30 dekabrda öz nihoyasiga yetdi. 2017 yil Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Navalniyning işida Yevropa konvensiyasi talablari buzilganini e'lon qilgandi.

Keyinçalik Rossiya Oliy sudi işni qaytadan körib çiqqan, lekin hukm özgarmagandi. Oliy sud jinoyat alomati bölgan işlarni faqat mahalliy sudlar körib çiqişini iddao qilgan. Ayblovga köra, Navalniylar oilasiga tegişli bölgan korxona ofşor kompaniyalarda pul yuvişda qatnaşgan. Ya'ni 2008 yil Fransiyaning «Yves Rocher» parfyumeriya kompaniyasining Rossiyadagi filiali bölgan «Iv Roşe Vostok» firmasi Kiprdagi oşfor kompaniyalardan biri bilan şartnoma imzolaydi. Özaro hamkorlik davomida «Iv Roşe»dan Navalniylar oilasiga qaraşli korxona ham 19 million rubl pul oladi. Bu pullar ijara uçun deb ötkazilgan. 2012 yil «Iv Roşe» ijroçi direktori Bruno Lepruning arizasiga köra, Navalniylarga nisbatan iş oçiladi. Kompaniya ulardan 26 million rubl zarar körganini aytadi. Şu tariqa, Oleg va Aleksey Navalniy sud tomonidan aybdor deb topiladi.

Bu iş aslida tinçib ketgandi, çunki Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi hukmni bekor qiliş böyiça talab qöygan va Rossiya sudi işda yöl qöyilgan xatolarni qisman tan olgan. Biroq avgustda Aleksey Navalniyning zaharlanişi va bunda şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ayblagani siyosatçining «eski portfeli qayta titilişiga» sabab böldi. Buning ustiga, 19 yanvar kuni e'lon qilingan Putin haqidagi 2 soatlik suriştiruv sabab Navalniyni qiyin kelajak kutayotgani aniq edi.

Qaror çiqişi aniqmidi?

Moskvada 1 fevral keçgi vaqtdan boşlab xavfsizlik çoralari kuçaytirilgandi. Ayniqsa Kreml atrofi jiddiy qöriqlandi. Bu esa Navalniyga qanday jazo berilişi aniqligidan dalolat berardi. Simonovskiy sudi işni Moskva şahar sudiga ötkazişga qaror qildi, çunki işda köplab OAV vakillari qatnaşişi kutilgandi. Moskva şahar sudida esa katta zal bor edi. Sud atrofi ertalab soat 8dan qöriqlana boşlandi. Şu sabab Navalniyning tarafdorlari sud binosi oldida miting ötkaza olişmadi. Ertalab soat 10dan boşlab sud atrofida yiğilganlarni qölga oliş boşlandi va bir neça soat içida 300dan ortiq odamlar uşlandi.