Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har yili 370 ming ayolda bachadon bo‘yni saratoni qayd etiladi, ulardan 190 ming nafari vafot etadi
9 fevral kuni AOKAda “Odam papillomasi virusi tarqalganligini tekshirish va diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot o‘tkazish masalalari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 370 mingdan ortiq ayolda bachadon bo‘yni saratoni birinchi bor qayd etiladi, shulardan 190 mingtasi ushbu kasallik oqibatida vafot etadi.
Tadbirda bildirilishicha, O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadigan va eng keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi. Kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa, bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon saratoni tufayli o‘limdan keyin uchinchi o‘rinda va tug‘ish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida bachadon saratonidan o‘lim ko‘rsatkichi ikkinchi o‘rinda turadi.
O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 1700-1800 ayolga bachadon bo‘yni saratoni tashxisi qo‘yiladi va ularning 42 foizdan ortig‘i hayotdan ko‘z yumadi. Ushbu o‘limlarning aksariyati tashxisni kech qo‘yish natijasida ro‘y beradi. Bachadon bo‘yni saratoni kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanadi.
Epidemiologik vaziyat monitoringini olib borish maqsadida Virusologiya ITI Janubiy Koreyaning KOFIH fondi bilan hamkorlikda “Respublika hududlarida, jumladan Toshkent shahri, Samarqand va Andijon viloyatlari ayollari o‘rtasida odam papilloma virusini aniqlash va bachadon bo‘yni saratoni kasalligi diagnostikasi bo‘yicha imkoniyatlarni takomillashtirish” mavzusida investitsion Pilot loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan va unda 50000 nafar ayol ishtirok etishi mo‘ljallangan. Mazkur loyiha 4 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi ayollar o‘rtasida odam papilloma virusi keltirib chiqaradigan kasalliklarni erta aniqlash orqali saraton kasalligini oldini olish va OPVning yuqori onkogen turlarini fertil yoshdagi ayollar o‘rtasida tarqalish foizini aniqlash bilan saraton kasalligining 2 chi omili, yani skrining ahamiyatini o‘rganishdir.
Amalga oshirilayotgan pilot loyihasidan quyidagi natijalar kutilmoqda:
- O‘zbekistonda OPV tarqalishi birinchi marta Respublika miqyosida o‘rganiladi.
- OPVni tekshirish uchun 3 ta maxsus laboratoriya yaratiladi.
- OPV va bachadon bo‘yni saratonini erta tashxislash bo‘ycha tizim yaratiladi.
- OPVni aniqlash, saratonni oldini olish va davolash bo‘yicha jahon standartiga mos standartlar, amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.
- OPVni erta tashxislash va davolash natijasida bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish va o‘lim holatlari kamayadi.
Kun.uz muxbirining “Onkogematologiya va boshqa onkologik kasalliklarga chalinish holatlari ko‘p qayd etilayotgan bir paytda ular bo‘yicha alohida anjumanlar o‘tkazilmagani holda nega odam papillomasi virusiga oid bunday tadbir uchinchi marta o‘tkazilmoqda?”, – degan savoliga javoban Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev shunday dedi:
– Afsuski u kasalliklar etiologiyasi (kelib chiqishi) bo‘yicha aniq va yakuniy xulosalarga ega emasmiz. Bu kasallikning chaqiruvchisi ham, unga qarshi kurashning samarali usuli ham aniq. Shu bois bu muammoga jiddiy va qayta e'tibor qaratayapmiz.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
“Elektromobil saratonga olib keladi deyish mutlaqo asossiz” - mutaxassis
21:00 / 27.04.2026
Olimlar yurak saratonining kam uchrashi sababini aniqladi
16:03 / 04.03.2026
O‘zbekistonda saratonga qarshi kurashish bo‘yicha milliy dastur qabul qilinadi
19:22 / 31.01.2026