Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunaqada hech kim uchmay qo‘yadi» - prezident aviachiptalar narxlarini yana bir ko‘rib chiqish kerakligi haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilgi davlat dasturida rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda transport vaziri Ilhom Mahkamovga aviaparvozlardagi muammolarni yana bir bor eslatib o‘tdi.
«Narxlarni yana bir ko‘rib chiqish kerak. Bunaqada hech kim uchmay qo‘yadi», degan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari turizm yo‘nalishidagi boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Xususan, turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov joriy yilda 1,7 mln xorijiy turistlarni jalb qilishga mas'ul ekani qayd etilgan.
«Davlat dasturi doirasida Abduhakimov va uning kompleksi 12ta topshiriq ijrosiga mas'ul.
Abduhakimov viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda turizm obektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha har bir tuman kesimida dastur ishlab chiqadi.
Misol uchun, Navoiyda Sangijumon va Sentob qishloqlariga, Aydarko‘l va To‘dako‘l suv havzalari hamda Sarmishsoy darasiga olib boradigan yo‘llarni ta'mirlash uchun 50 milliard so‘m zarur.
Zaripov, Z.Mirzayev, Soliyev, Turdimov, Bobolov, G‘.Mirzayev, Ermanovlar ham xuddi shunday tahlillar asosida o‘z loyihalarini ikki hafta muddatda Abduhakimovga taqdim etishi kerak.
Shuningdek, Kamalov, Abdurahmonov, Soliyev, Tursunov, Abdurazzoqov, Bozorov, Ermanov, Ortiqxo‘jayev – 1tadan, Zaripov, Turdimov va D.Hidoyatov – 2tadan, Z.Mirzayev va Bobolov – 4tadan, jami 22ta yirik ziyorat obektlari atrofini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashga shaxsan mas'ul.
Abduhakimov, Ishmetov, Mahkamov 20 fevralga qadar aviatashuvchilarga ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviachipta narxining 25 foizini, turoperatorlarga avia va temir yo‘l chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizini qaytarish tartibini tasdiqlasin.
Abduhakimov ushbu yangi mexanizmlar orqali joriy yilda 1,7 million nafar xorijiy hamda 7,5 million nafar ichki turistlarni jalb qilishi kerak», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
10:50 / 08.07.2026
Serbiyadagi o‘zbekistonlikka bepul aviachipta olib berildi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026