«Dunyo» axborot agentligi ma’lum qilişiça, Özbekistonning Budapeştdagi elçixonasi Konsullik bölimiga Serbiyada bölib turgan fuqaro M.B. vatanga qaytişda yordam sörab murojaat qilgan.
Aniqlanişiça, fuqaroning oğir ahvolga tuşib qolişiga Serbiyadagi iş beruvçi tomonidan mehnat şartlari va erişilgan kelişuvlarga amal qilinmagani sabab bölgan. Buning oqibatida u moddiy qiyinçilikka duç kelib, Özbekistonga mustaqil ravişda qaytiş imkoniyatini yöqotgan.
Elçixona tomonidan körilgan çoralar va özaro kelişuvlar natijasida Özbekiston fuqarolarini qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan vatandoşga bepul aviaçipta rasmiylaştirib berilgan.
Qayd etilişiça, Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari çet elda bölib turgan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, zarur huquqiy va amaliy yordam körsatiş işlarini izçil davom ettirmoqda.

















