Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya ikki haftaga mamlakatga kirishni taqiqladi
Avvalroq Latviya koronavirus epidemiyasi sababli joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini 6 aprelgacha uzaytirgandi.
Latviya YeI, YeIH mamlakatlari, Shveytsariya va Buyuk Britaniyadan mamlakat hududiga kirishni ikki haftaga taqiqladi. Taqiq 25 fevralgacha amal qiladi, deb xabar bermoqda Delfi.
Favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Latviya hududiga faqat kechiktirib bo‘lmas va muhim sabablar, masalan, ish, o‘qish, oilasiga qaytish, davolanish, voyaga yetmaganlarni olib kelish kabi hollardagina kirishga ruxsat beriladi.
Transport vazirligining ruxsati bilan xususiy havo transporti va biznes reyslar orqali besh kishidan ko‘p bo‘lmagan yo‘lovchilarni tashish, muntazam bo‘lmagan tranzit yo‘lovchi qatnovi, ishchilarni ishga olib borish hamda sportchilarni xorijdagi musobaqalarda qatnashishi uchun maxsus transport qatnovini amalga oshirish mumkin.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib ushbu cheklovlarning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Avvalroq Latviya koronavirus epidemiyasi sababli joriy etilgan favqulodda vaziyat rejimini 6 aprelgacha uzaytirgandi.