SSV tashabbusi bilan hududlarda salomatlik aksiyasi boshlandi. Vazirlikning katta guruhi Namanganda ishlamoqda
10 fevral kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!» shiori ostida salomatlik aksiyasiga start berildi.
Dastlab Namangan viloyatidan boshlangan mazkur yirik aksiya hududlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning ijro holatini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va «temir daftar»ga kiritilgan aholiga yuqori texnologik zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkillashtirilmoqda.
«Mamlakatimizda olib borilayotgan har bir yangilanish va o‘zgarishlarning tub mazmun-mohiyatiga e'tibor bersak, ularning barchasi shu muqaddas vatanda aziz sanalgan inson uchun ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bu o‘rinda yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimida aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, sanitariya-gigiyena sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, homilador ayollarni asrab-avaylash, ayniqsa, aholiga mahallabay tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Mazkur ustuvor vazifalarni bajarishda muntazam o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar, ijtimoiy aksiyalarning ahamiyati tobora oshib borayotir», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Aksiya doirasida 150 nafardan ziyod malakali tibbiyot xodimlari, jumladan, vazirlik tarkibiy tuzilmalari rahbarlari, poytaxtdagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining rahbarlari safarbar qilingan. Shu bilan birga, 500 nafarga yaqin mahalliy tibbiyot xodimlari jarayonlarda ishtirok etadi.
Ularga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- Aholiga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish,
- Aholining salomatlik va kasallanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, guruhlarga bo‘linishining to‘g‘ri olib borilishini o‘rganish;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj va «temir daftar»ga kiritilgan aholi orasidan yuqori zamonaviy tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni tanlab olish;
- Zarur mutaxassislar jalb etilgan holda joylarda amaliy tibbiy yordam ko‘rsatish va hokazo.
«Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!» shiori ostida o‘tayotgan aksiyani tashkillashtirish uchun Namanganga yo‘l olgan mutaxassislar orasida infeksionist, epidemiolog, terapevt, nevropatolog, anesteziolog, bolalar anesteziologi, reanimatolog, pediatr, onkolog, dermatolog, otorinolaringolog, akusher-ginekolog, urolog, xirurg, oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, travmatolog, ftiziatr, pulmonolog, neyroxirurg, narkolog, nefrolog, allergolog kabi o‘z sohasining ustalari bor.
Tekshiruvlar mahallabay kesimda o‘tkazilib, nogironligi bo‘lgan va boshqa muhtoj shaxslar protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlanadi.
Aksiya davomida bir qancha jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, buyrak transplantatsiyasi, endoprotezlash, yurakka stent o‘rnatish kabi eng murakkab jarrohlik amaliyotlari tibbiy ko‘rsatmaga qarab, viloyat yoki poytaxtdagi eng nufuzli muassasalarda bepul amalga oshirilishi mo‘ljallangan.
- Ma'lumot uchun, ikki million sakkiz yuz ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan Namangan viloyatda ayni paytda 775ta mahalla va 723 mingdan ortiq oila bor.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024