Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish masalasini muhokama qilishni boshladi
Manbalarning ma'lumot berishicha, muhokamalarda YeI mamlakatlarining Bryusseldagi elchilari ishtirok etgan.
Yevroittifoq Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etish masalasini muhokama qilishga kirishdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Manbalarning ma'lumot berishicha, muhokamalarda YeI mamlakatlarining Bryusseldagi elchilari ishtirok etgan.
“Hech qaysi davlat Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilishiga qarshilik bildirmadi”, degan agentlik bilan suhbatlashgan diplomatlardan biri.
23 va 31 yanvar kunlari Rossiyada Aleksey Navalniy va boshqa siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga davolanishdan so‘ng Germaniyadan Rossiyaga qaytgan muxolifatchining hibsga olinishi sabab bo‘ldi.
2 fevral kuni Moskvaning Simonovskiy sudi Aleksey Navalniyga nisbatan 3,5 yilni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tash jazosini tayinladi.
Rossiya Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan mitingda qatnashgani sababli Germaniya, Polsha va Shvetsiyaning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qildi. Bunga javoban yuqoridagi davlatlar rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026