Jahon | 22:50 / 12.02.2021
6632
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden amerikaliklarni yil davomida niqob taqishga chaqirdi

AQSh prezidentining fikricha, niqob taqish ko‘plab insonlarning hayotini qutqarishga yordam berishi mumkin.

Foto: Evan Vucci/AP/dpa

AQSh prezidenti Jo Bayden amerikaliklarni keng miqyosdagi emlash rejasiga qaramasdan 2021 yil davomida niqob taqishga chaqirdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

U boshqalardan hattoki uch metr masofada bo‘lsa ham niqob taqishini ta'kidladi. Baydenning fikricha, bu ko‘plab insonlarning hayotini qutqarishga yordam berishi mumkin.

78 yoshli Bayden 21 dekabrda Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangandi. U o‘shanda hamyurtlariga namuna bo‘lish va vaksinaning xavfsizligini ko‘rsatish uchun shunday qilganini aytgandi.

11 yanvar kuni Bayden vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid