Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qiz va onasini sharmanda qilmoqchi bo‘lgan shaxs IIB xodimlari tomonidan ushlandi
Fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 21 yoshli Shahzod X. uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olib, qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
2021 yil 9 fevral kuni I.Q.ning murojaati yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Shahzod X., tovlamachilik yo‘li bilan I.Q.dan qizi S. bilan o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan so‘zlashuvlarni yaqin qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.


Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025