Farğona viloyati IIB tomonidan tovlamaçilikda ayblanib, qamoqqa olingan Mahliyo Umarovani qamoqda uşlab turiş muddati 5 oyga qadar uzaytirildi. Bu qamoqda uşlab turiş muddati hali tugamay turib amalga oşirildi. Jinoyat işi tergovi Farğonadan avvaliga Toşkent şahri Mirobod tumani IIBga, söngra Toşkent şahar IIBBga ötkazilgan. Ammo qamoqda saqlanayotgan M.Umarova hamon Farğona viloyati IIBda qolmoqda.
Jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudi tovlamaçilikda ayblanayotgan Mahliyo Umarovani qamoqda uşlab turiş muddatini uzaytirdi. Sudning bu boradagi hujjati 2025 yil 10 noyabr kuni çiqarildi.
Jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudi tomonidan Mahliyo Umarovaning yaqin qarindoşlariga jönatilgan xabarnomada keltirilişiça, uni qamoqda saqlaş muddati 2025 yil 10 noyabrdan 5 oyga qadar uzaytirilgan.
Mahliyo Umarovaga Jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudining 2025 yil 22 avgustdagi ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangandi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 245-moddasiga köra, jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turiş muddati köpi bilan uç oyni taşkil etadi. Uşbu tartib böyiça Umarovani qamoqda saqlab turiş muddati 2025 yil 22 noyabr kuni tugaşi kerak edi. Ammo uşbu muddat hali tugamasdan turib ayolni qamoqda saqlaş muddati uzaytirilgan.
Qamoqda saqlab turişning belgilangan uç oylik muddatini beş oygaça uzaytiriş imkoni Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toşkent şahar prokurori va ularga tenglaştirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan sud tomonidan körib çiqiladi.
Mahliyo Umarova va uning opasi Mohinur Xoliqnazarovaga nisbatan tovlamaçilik böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Opa-singil fuqaro Nazokat Şukurovani “maşinada Quva tumani hududida joylaşgan “Karkidon” suv ombori yaqinidagi ovloq joyga olib borib, maşina içida zörlik işlatib, uyini farzandlariga qöşib yoqib yuboriş bilan qörqitgan holda pul talab qilgan”likda gumonlanmoqda.
Avvalroq Kun.uz holat yuzasidan suriştiruv ötkazgandi. Unda Mohinur Xoliqnazarova bu jinoyat işi Farğona şahar içki işlar boşqarmasi boşliği Alişer Aşurovning adovati tufayli uyuştirilganini bildirgandi.

Gap şundaki, oldinroq Mahliyo Umarovaning yonib ketgan maşinasi sabab Alişer Aşurov uning “jim yurişi” uçun 10 ming dollar tölab bergan.

Mohinur Xoliqnazarova Nazokat Şukurovadan aslida özining pulini söraganini, Şukurova Quva tumanidagi tanişidan pul olib berişini aytib, maşinaga özi minganini aytgandi. U 2025 yil 20 avgust kuni göyoki Nazokat Şukurovadan pulini olib beriş aldovi bilan IIB binosiga çaqirtirilib, şu yerning özida tezkor tadbir ötkazilgan holda uşlangan.
Mohinur Xoliqnazarovani uşlaşda Alişer Aşurovning ukasi Oybek Aşurov iştirok etgan. U IIB tezkor xodimi vazifasida işlaydi. Jinoyat işi tergovini Farğona viloyati IIB tergovçisi Nurmuhammad Aşurov olib borgan. Alişer Aşurovning qarindoşi ekani aytiladigan bu xodim Mohinur Xoliqnazarovaga “garçi mehnat ta’tilida bölsa ham, ularning işi uçun atay kelganini” aytgan.

Kun.uz ikkinçi tomonni ham tinglaş maqsadida Nazokat Şukurova bilan ham boğlangandi. Ammo u tahririyatning intervyu beriş haqidagi taklifini hozirda “ahvoli oğirligi”ni aytib, rad etdi. Şukurovaga köra, Mohinur va Mahliyo ismli ayollar unga tuhmat qilgan va “öldirib yuboriş bilan qörqitib”, tilxat yozdirib olgan. Şukurova Farğona viloyati IIBda jiyanlari işlaşini aytib, opa-singil içki işlar xodimlari ustidan ham yozayotganini bildirgandi.

Kun.uz suriştiruvidan söng Farğona viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ammo unda yongan avtomobil, uning örniga berilgan 10 ming dollar hamda Aşurovlar uçligi haqida lom-mim deyilmadi: jabrlanuvçi ekani aytilayotgan Nazokat Şukurovaning intervyusi bilan çeklangan.
Ma’lumot uçun, uşbu jinoyat işi tergovi Farğona viloyatidan Toşkent şahar Mirobod tumani IIBga ötkazilgandi. Ma’lum bölişiça, tergov endilikda Mirobod tumanidan Toşkent şahar IIBBga ötkazilgan. Ammo tergov Toşkent şahriga ötkazilgani bilan Mahliyo Umarova Farğona viloyati IIBda uşlab turilibdi.











