Huquq-tartibot organlari tovlamaçilik va zöravonlik bilan şuğullangan jinoiy uyuşma faoliyatiga çek qöydi. Guruh taşkilotçisi Namangan şahrida yaşovçi, muqaddam bir neça bor sudlangan şaxs bölgan.

«Avval ham firibgarlik va bezorilik jinoyatlarini sodir etib, jazo olganiga qaramasdan, öz xatosidan töğri xulosa qilmagan şaxs yana jinoyatga qöl urdi», – deyiladi Namangan viloyat içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabarida.

U yon-atrofiga jinoyat sodir qilişga moyil bölgan bir neça şaxslarni yiğib, ular bilan til biriktirgan holda Namangan şahri hududida tovlamaçilik va bezorlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolar örtasidagi pul oldi-berdi masalalarini kuç işlatiş yöli bilan hal qilib kelgan.

Ma’lum qilinişiça, qölga olingan 28 yoşli Bahriddin Zayniddin öğli Nasriddinov muqaddam Jinoyat kodeksining 277-moddasi birinçi, 168-moddasi 4-qismi, 228-moddasi 3-qismi hamda 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan.

Tergov materiallariga köra, Bahriddin Nasriddinov jinoiy şeriklari bilan birgalikda Namangan şahrida yaşovçi tanişini Barkamol avlod mahallasi hududiga çaqirib, uni köça yeçimlarida («razborka») iştirok etmayotgani, çaqirgan vaqtida kelmayotgani va boşqa bahonalarni vaj qilib, uning badaniga qöli va ötkir kesuvçi jism bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Namangan viloyati sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, jabrlanuvçining çap yelka qismida kesilgan va sançilgan jarohatlar borligi aniqlangan. 

«Yetakçilikka intilgan, özini “Eşon” laqabi bilan tanitib, göyoki köça işlarini hal qilib, fuqarolarga nisbatan bosim ötkazib, noqonuniy faoliyat yuritib kelgan uşbu şaxs protsessual tartibda qölga olinib, unga nisbatan Namangan şahar içki işlar boşqarmasi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi xabarda.

Içki işlar organlari mazkur şaxsdan jabr körgan fuqarolarni Namangan viloyati içki işlar boşqarmasiga, hududiy içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga xabar berişni söragan. Murojaat qilgan şaxslarning ma’lumotlari sir saqlanişi kafolatlanadi.