Jahon | 22:59 / 13.02.2021
7597
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi zilzila oqibatlari: 30 kishi jarohatlandi, bir millionga yaqin xonadon elektrsiz qoldi

Zilziladan so‘ng Yaponiyada bir nechta elektr stansiyasi o‘chirib qo‘yildi.

Foto: Jun Hirata/Kyodo News, via Associated Press

Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda The Japan Times xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Miyagi va Fukusima prefekturalarida yashovchilar jabr ko‘rgan bo‘lib, ularning jarohatlari qay darajada jiddiyligi haqida ma'lumot berilmagan.

Shuningdek, mamlakatda 950 mingta uy elektr ta'minotisiz qolganligi ma'lum qilinmoqda. Zilziladan so‘ng Yaponiyadagi bir nechta elektr stansiyasi o‘chirib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni Yaponiyada rixter shkalasi bo‘yicha 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila markazi Fukusima prefekturasi hududidagi Tinch okeani havzasi bo‘lgani aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid