Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbek kinosida maishiy mavzular ustuvor bo‘lib qolgandi» - Kusherbayev «Mendirman Jaloliddin» filmiga yuqori baho berdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Mendirman Jaloliddin» serialining ilk qismidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi yillarda o‘zbek filmlari va seriallarida maishiy mavzular atrofidagi syujyetlar ustuvordek bo‘lib qolgandi. Albatta, bunday mavzular bilan katta auditoriyani qamrab olish qiyin. Kamiga ular eksportga ham yaramaydi.
Kuni kecha «Mendirman Jaloliddin» nomli serialning bir qismini tomosha qildik... Taassurotlar ko‘p. Lekin asosiy aytmoqchi bo‘lganim – birinchi marta tarixiy shaxslar haqida tarixda qoladigan yuqori darajadagi o‘zbek filmini ko‘ra oldim.
Serial eksportga ham yaraydi. O‘zbek va turk aktyorlari ishtirokidagi film ajoyib hamkorlik va mahoratni yuzaga chiqargan. Ssenariy, tasvir, joy, ijro mahorati, ovoz... menimcha hammasi nisbatan yuqori darajada.
Ko‘z tegmasin va bunday ishlar davomli bo‘lsin. Filmni yaratishda bilvosita va bevosita ishtirok etgan, qo‘llab-quvvatlab turgan barchani tabriklayman, sizlarning harakatingiz o‘zini oqlabdi!» – deya yozdi Kusherbayev Telegram'dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, «Mendirman Jaloliddin» premerasi 14 fevral, yakshanba kunidan «Milliy» telekanalida boshlandi. Serialning ilk fasli 13 qismdan iborat.
Tarixiy film Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan shahzoda Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan. Serialni O‘zbekistondagi xususiy homiylar buyurtmasi asosida, Turkiyaning «Bozdag film» kompaniyasi suratga olgan.
Mavzuga oid
18:40 / 09.08.2025
Jarimabozlik: Ekologiya vazirligi faqat jarima o‘ylab topgani tuzilganmi?
23:01 / 20.04.2025
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIBga chaqirildi
14:01 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
14:41 / 18.01.2025