O‘zbekiston Savdoni soddalashtirish global dasturiga a'zo bo‘ldi
Davlat bojxona qo‘mitasida Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Olivre Shav bilan ushrashuv o‘tkazildi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston tarixida ilk bor Savdoni soddalashtirish global dasturiga a'zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy hujjatlar imzolangan.
Mazkur dastur Jahon bojxona tashkiloti tomonidan tashqi savdo sohasida rivojlanayotgan davlatlar faoliyatini xalqaro savdo sohasidagi standartlarga muvofiqlashtirish hamda eksport, import va tijorat tovarlarining harakatlanishi sohasidagi tajribalarini oshirishga qaratilgan. Dasturni Shveytsariya Konfederatsiyasi moliyalashtiradi.
Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuria 2019 yilning mart va noyabr oylarida O‘zbekistonga tashriflari davomida o‘tkazilgan muzokaralarda Savdoni soddalashtirish global dasturiga a'zo bo‘lish taklifini bildirgan edi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 2020 yilda tashqi savdo sohasida xalqaro darajada e'tirof etilgan hujjatlar – savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha Kioto Konvensiyasi va vaqtincha olib kirish bo‘yicha Istanbul Konvensiyasiga qo‘shilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston hukumati 2021 yilning 1 iyuniga qadar Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatini beruvchi GSP+ tizimiga doir imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha dastur ishlab chiqishi ma'lum qilingandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 5200ta yangi standartlarni joriy etish, 1723ta milliy standartlarni va 12ta texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024