Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida boş vazir örinbosari Sardor Umrzoqov rahbarligida «Özstandart» agentligi faoliyatini har tomonlama takomillaştiriş masalasida yiğiliş bölib ötdi. Vazirlik matbuot xizmati ma'lum qilişiça, respublikadagi standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş sohasining holati tanqidiy körib çiqilgan.

Mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorda raqobatbardoşligini belgilovçi milliy qonunçilik zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq emasligi ta'kidlangan.

Yiğilişda bir qator qonun hujjatlari, xususan, «Standartlaştiriş töğrisida», «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlaştiriş töğrisida», «Muvofiqlikni baholaş töğrisida», şuningdek, «Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida»gi qonunlarni yangi tahrirda işlab çiqiş belgilangan.

Bojxona jarayonida texnik reglamentlarning bajarilişi ustidan davlat nazoratini joriy etiş hamda xavf tahlili va tanlanma asosida ekspertiza ötkaziş orqali mahsulot sifatini tasdiqlovçi hujjat taqdim qilişni amaliyotga joriş qiliş böyiça alohida körsatma berilgan.

Joriy yilda 13,7 ming korxonada standartlarga rioya qiliş va mahsulot sifatini ta'minlaş böyiça nazorat tadbirlari ötkazilişi, 5200ta yangi standartlarni joriy etiş, 6 ming korxonada mahsulot sifatini yaxşilaş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişi haqida ma'lumot berildi.

Bundan taşqari, 1723ta milliy standartlarni va 12ta texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş, uşbu sohadagi 2 mingga yaqin mutaxassisning malakasini oşiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, xorijiy mamlakatlarga olib kirilayotgan tovarlarga qöllanadigan amaldagi talablar va texnik çeklovlar töğrisida mahalliy işlab çiqaruvçilar va eksportçilarga axborot beriş tizimi takomillaştirilişi közda tutilgan.

Avvalroq, «Özstandart» agentligi boş direktorining birinçi örinbosari Javlon Kattaxöjayev va direktor örinbosari Rustam Qiyamov işdan böşatilgani haqida xabar berilgandi