16:46 / 16.02.2021
12075

Stoltenberg NATO Rossiya bilan to‘qnashishga ham, hamkorlikka ham tayyorligini ma'lum qildi

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans Rossiya bilan to‘qnashishga ham, hamkorlik qilishga ham tayyorligini ta'kidladi. U bu haqda El Mundo nashriga bergan intervyusida aytdi.

"Rossiyaga aniq signal berish kerakligiga ishonaman: agar ular to‘qnashuvni istasa, biz tayyormiz. Agar hamkorlik qilishni xohlasa, xursand bo‘lamiz", - dedi Stoltenberg.

 "Hattoki Moskva bilan munosabatlar yaxshilanishiga ishonmasak ham muloqotni davom ettirishimiz kerak, chunki muhim aloqa va munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash zarur", - deb qo‘shimcha qildi NATO bosh kotibi.

"Rossiya bizning qo‘shnimiz, manfaatlar mavjud, ayniqsa chegaralarda turli hodisalarning oldini olish lozim”, - dedi Stoltenberg.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarni uzishga tayyorligini aytgandi.

Keyinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lavrovning so‘zlari buzib talqin qilinganligini aytdi.

"Biz aynan shuni xohlamaymiz, Yevroittifoq bilan munosabatlarni rivojlantirishni istaymiz, ammo agar Yevroittifoq boshqa yo‘ldan boradigan bo‘lsa, unda biz ham tayyormiz", - dedi Peskov.

Mavzuga oid
Top