Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada uzoq yillar qidiruvda bo‘lgan 2ta avtomobil Toshkent viloyatidan topildi
Rossiya Federatsiyasida biri 20 yil, ikkinchisi 10 yil mobaynida qidiruvda bo‘lgan transport vositalari Qibray va Toshkent tumanlarida saqlab kelinayotgani ma'lum bo‘ldi. Ish tergovga o‘tkazilgan.
Qibray tumanida yashovchi fuqaro G‘.S. Toshkent viloyati IIBB YHXBga murojaat qilib, uzoq yillar transport vositasini uyida saqlab, ilgari fuqaroligi bo‘lmagani, shu sabab fuqaroligi yo‘q shaxslarga beriladigan davlat raqam belgisini olgani, hozirda esa O‘zbekiston fuqaroligini olib, tegishli tartibda pasport olgani sabab transport vositasining qayd etish guvohnomasini almashtirib, boshqa davlat raqam belgisi berishni so‘ragan.
Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, bu transport vositasiga tegishli ma'lumotlar IIVning «Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi»dan tekshirilganida, avtomobil 2000 yil 12 mart kuni Rossiyaning Orenburg oblastidan olib qochilgani va qidiruvda ekani aniqlanadi.
Shunga o‘xshash voqea Toshkent tumanida yashovchi fuqaro I.A. bilan ham sodir bo‘ldi.
U yaxshi niyatlar bilan «GAZ-330202» rusumli transport vositasini sotib oladi. Rasmiylashtirish uchun DYHXX ga olib kelganida esa uning agregat raqamlari IIVning «Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi»dan tekshiriladi. Tekshiruv ushbu transport vositasi 2011 yildan buyon qidiruvda ekani, uni noma'lum shaxslar Rossiyadan olib qochganliklari ma'lum bo‘ladi.
Hozirgi kunda har ikkala holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli xulosa qilish uchun tergov idoralariga topshirilgan.
Mavzuga oid
21:27
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:50