Mazkur sana YuNESKO tomonidan turli tillar va dunyo xalqlari madaniyatini muhofaza qiliş maqsadida 2000 yildan buyon xalqaro miqyosda nişonlab kelinadi.

1952 yil 21 fevral kuni Bangladeş poytaxti Dakka şahrida öz ona tili – bengal tilini davlat tili darajasiga kötariş va uni himoya qiliş maqsadida şahar köçalariga çiqqan talabalar politsiya xodimlari tomonidan öqqa tutiladi. Keyinçalik mazkur voqea 21 fevralning Xalqaro ona tili kuni etib belgilanişiga sabab bölgan.

YuNESKOning Bangladeşdagi Xalqaro ona tili instituti tomonidan mukofot joriy etilgan bölib, u öz ona tilini himoya qiliş va tarğib etiş, amaliyot va tadqiqotlar bilan boğliq ulkan hissasi uçun tilşunoslarga berib kelinmoqda. Mukofot 21 fevralda Dakka şahridagi Xalqaro ona tili institutida beriladi.

2020 yil iyul oyida YuNESKOning Bangladeşdagi Xalqaro ona tili instituti 2021 yil uçun mukofot tanlovini e'lon qildi.

Uşbu mukofotning «Ona tilining xalqaro miqyosdagi tadqiqi» yönalişiga ariza topşirgan tilşunos olimlar orasidan 2 nafari taqdirlandi. Ulardan biri ÖzFA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Ğulom Ismoilovdir.

Tilşunos olim Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tilşunoslikda olib borayotgan izlanişlari, frazeologizmlarning til boyligidagi ahamiyati, şuningdek, bu sohada oldinda turgan muammolar xususida töxtalib ötdi.

«Ilm-fanning globallaşuvi şaroitida ona tilini asraş, tarğib qiliş zaruriyatga aylanmoqda»

Aytiş lozimki, ona tili bu — millatning ma'naviy madaniyati va ruhi, dunyodagi har bir davlatning öz «timsoli», millat dunyoda borligini körsatuvçi ma'naviy bir xilqat.

Ona tilimizni asraş va bu boradagi tadqiqotlarni rivojlantiriş esa millatning yuksalişi bilan çambarças boğliqdir.

Ilm-fanning globallaşuv jarayonlari şiddat bilan dunyo xalqlari hayotiga özgaça ta'sir körsatayotgan bir paytda, ona tilidan unumli foydalaniş, uni asraş, tarğib qiliş kundan kunga zaruriyatga aylanmoqda.

Şu maqsadda AQŞ, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Ozarboyjon, Qozoğiston kabi davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida aynan özbek tili böyiça olib borilayotgan tadqiqotlarim naşr etildi. Turli xorijiy davlatlarda taşkil etilgan xalqaro anjuman va forumlarda özbek tilining ifoda imkoniyatlari, öziga xos milliy-madaniy xususiyatlarini oçib beradigan ilmiy ma'ruzalarim bilan iştirok etdim. 2019 yilda esa Rossiyada ingliz tilida «Transterminologization in The Uzbek Language» nomli ilmiy monografiyam çop etildi.

Yuqorida zikr etilgan xalqaro ilmiy jurnallar, xalqaro ilmiy anjuman hamda forumlarda özbek tilining xalqaro miqyosdagi e'tiborini oşiriş maqsadida ona tilimizning turli qirralarini, özbek xalqining milliy-madaniy xususiyatlarini namoyon etuvçi, asrlar oşa ajdodlarimiz tomonidan şakllanib kelgan, millatning milliy-madaniy an'analarini özida aks ettiruvçi «frazeologizm»larni lingvomadaniy va etnomadaniy jihatdan qiyosiy tadqiq qilib, xalqaro ilmiy naşrlarda hamda anjumanlardagi iştirokim sabab uşbu mukofotga munosib körişdi, deb hisoblayman.

«Har bir frazeologik tuşunça millatning közgusidir»

Ilmiy izlanişlaringiz va bu yönalişda tilşunoslikdagi muammolar nimalarda körinadi?

Hozirgi kunda tilşunoslikning frazeologiya sohasi böyiça özbek tilidagi iboralarni boşqa turkiy tillarga qiyoslagan holda «Turkiy tillar frazeologizmlarining lingvokulturologik tadqiqi» mavzusida lingvomadaniy asosdagi tadqiq hamda şunga asosan doktorlik dissertatsiyasi ustida iş olib boryapman.

Tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va dunyoqaraşi haqidagi qimmatli ma'lumotlar manbai bölib, unda xalqning miflari, qadriyatlari, urf-odatlari, taomillari, axloqiy fazilatlari aks etadi.

Frazeologizmlarga oid har qanday tuşunça ma'lum madaniy muhitda şakllanadi va ma'lum bir milliy til doirasida ma'no uçun mantiqiy asos vazifasini ötaydi.

Har bir frazeologik tuşunça millatning közgusidir, ya'ni unda har bir millat til taşuvçilarining madaniyati va tarixi aks etadi. Şuning uçun ham frazema madaniy axborotlarni özida mujassam etgan kiçik bir matndir.

Tilşunoslikda ilmiy-tadqiqotlar paradigmalarining özgarişi frazeologiyaga ham öz ta'sirini körsatdi. Ayniqsa, asrlar oşa şakllanib kelgan, millatning milliy-madaniy an'analarini özida namoyon etuvçi iboralarni lingvomadaniy va etnomadaniy jihatdan qiyosiy tadqiq qiliş zarurati tuğildi.

Birlamçi moddiy va yozma manbalar asosida özbek tilining köp ming yillik tarixiy rivojlanişini yoritib beruvçi ilmiy tadqiqotlar hamda respublikamizning har bir hududida yaşovçi aholining şevalarini örganiş va ularning katta «Dialektologik (şevalar) atlasini yaratiş» kabi bir talay muammolar bugungi kunda tilşunoslarimiz oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.