Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
Qozog‘istonda YTH tufayli onasidan ajralgan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi va buvisining qaramog‘iga topshirildi.
Qozog‘istonda baxtsiz hodisa tufayli onasidan mahrum bo‘lgan qiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar beradi bolalar ombudsmani.
Qayd etilishicha, bolalar ombudsmaniga Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi ayol E.A.ning murojaati kelib tushgan.
Unda ayol qizi D.R.ning 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz farzandi borligi, bir necha yil avval qizi Qozog‘iston fuqarosiga turmushga chiqqani, nevarasi Beruniy tumanida tug‘ilib, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa-da, unga onasi Qozog‘istonda ham tug‘ilish haqida guvohnoma rasmiylashtirganini bildirgan.
Baxtsiz yo‘l-transport hodisasi oqibatida qizi 2024 yil avgust oyida vafot etib, hozirda voyaga yetmagan nevarasi E.M. Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolganini ma’lum qilgan va nevarasini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmani, Ichki Ishlar vazirligi, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Bosh konsulligi vakillari hamkorligida bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.
12 may kuni u xolasi Sh.R. hamrohligida O‘zbekistonga olib kelingan va buvisi E.A. qaramog‘iga topshirilgan. Ta’kidlanishicha, hozirda buvining nevarasiga nisbatan vasiyligi rasmiylashtirilish jarayonida.
Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida Moskva shahridagi «Altufevo» ijtimoiy-reabilitatsiya markazi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga uch nafar voyaga yetmagan fuqaro qaytarilgan edi.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026