Shavkat Mirziyoyev Namangandagi malaka oshirish markazi va monomarkazni borib ko‘rdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Art soft holding» shirkatining ilmiy-amaliy malaka oshirish markazi hamda «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.
Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda shunday markazlar tashkil etilmoqda.
«Art soft holding» markazi to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashgan. Bu yerda 12 ta ishchi kasblar bo‘yicha yiliga 2 mingdan ziyod mutaxassis tayyorlanadi.
Uning yonida joylashgan monomarkazda 9 ta sohaning 27 xil yo‘nalishi bo‘yicha yiliga 3 ming nafardan ziyod aholi o‘qitiladi. Bu yo‘nalishlar mehnat bozori talablarini o‘rganish asosida tashkil etilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari zarur asbob-anjom, stanok, kompyuter, mulyaj va boshqa amaliyot uskunalari bilan ta'minlangan.
«Muhim tomoni shundaki, markaz davlat-xususiy sheriklik tizimida ishlaydi. Mashg‘ulotlarni amaliyotchi ustalar, tadbirkorlar olib boradi. Davlat sharoit yaratib, ilmiy-ishlab chiqarish jihatidan ta'minlaydi, tadbirkorlar esa o‘zlari o‘qitgan yoshlarni ishga oladi. Ya'ni, bu yerda kasb o‘rgangan yigit-qizlar ishsiz qolmaydi.
Markazda axborot texnologiyalari va xorijiy tillar ham o‘rgatiladi. Xususan, IT-mutaxassislar onlayn xizmatlar ko‘rsatib, yaxshi daromad topmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Prezident markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi; murabbiylar, kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
16:39 / 15.11.2024
Namangan viloyat sudi raisi o‘rinbosarining qilmishi yashirilmoqda: yopig‘lik qozon yopig‘ligicha qoladimi?
12:19 / 07.10.2024
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
18:33 / 02.10.2024